Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet42/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Taksonomiya qadimgi grek tilidagi (τάξις) tartib, saf va (νόμος ) qonun so‘zlaridan olingan bo‘lib tasniflash, tizimga solish tamoyillari va amaliyoti haqidagi bilim demakdir.

Blum taksonomiyasi 1956-yida bir guruh olimlar tomoni-dan taklif etilgan bo‘lib, unda guruh rahbari amerikalik psixolog Benjamin Semyuel Blum (1913 – 1999)ning «Ta’lim maqsadlari taksonomiyasi: bilish yo‘nalishi» nomli kitobidagi g‘oyalari ilgari surilgan


«Taksonomiya» atamasi birinchi marta 1813-yilda o‘simliklar klassifikatsiyasi bilan shug‘ullangan fransuz botanigi Ogyusten Dekandol (1778 – 1841) tomonidan fanga kiritilgan. Bu so‘z avval faqat biologiya fanida qo‘llanilgan. Keyinchalik lingvistika, geog­ rafiya va geologiya ilmidagi murakkab tizilmalarni tasniflash naza­ riyasini ifodalovchi atama sifatida ham qo‘llanila boshlandi.


Blum taksonomiyasi o‘qituvchi tomonidan tarbiyalanuvchilar oldiga qo‘yiladigan qator topshiriqlarni ta’lim maqsadlariga mu-vofiq tarzda: kognitiv, affektiv, psixomotor yo‘nalishlarida tasnif­ lanishini nazarda tutadi. Ta’limning bu uch yo‘nalishini oddiyroq qilib «bilaman», «his qilaman» va «yarataman» so‘zlari bilan ifo-dalash mumkin.


Psixologiya ilmida «kognitiv» (bilaman) so‘zi axborotni qabul qilish va uni qayta ishlash ma’nosida, insonning ruhiy holati (ishon­ chi, xohish-istaklari va maqsadlari)ni ifodalashda qo‘llaniladi. «Kognitiv» ta’lim bilimlarni o‘zlashtirish va o‘zlashtirilgan ax-borotni amaliyotda qo‘llay olishni nazarda tutadi.Bilimlarni o‘zlashtirishning affektiv yo‘nalishi (lotincha affectus so‘zidan olingan bo‘lib, ichdan to‘lqinlanish ma’nosini ang­ latadi) shaxsning portlash xarakteridagi qisqa muddatli va yuqori intensiv emotsional holatini nazarda tutadi. Ta’lim maqsadlari­ ning affektiv yo‘nalishi o‘zida insonning emotsional reaksiyasini, o‘zgalarning qayg‘u yoki shodligini qanchalik his etishiga e’tibor qaratadi. Affektiv maqsadlar insonning tuyg‘ulari, emotsiyasi va munosabatlari bilan bog‘liqdir.


Blum taksonomiyasida ifodalangan psixomotor maqsadlar asbob-uskunalarga, o‘quv qurollari, texnika vositalariga mosla­ shishni nazarda tutadi. Psixomotor maqsadlar amaliy ko‘nikmalarni o‘zgartirish va rivojlantirishni ko‘zlaydi101.


Ta’lim maqsadining har uchala yo‘nalishida uning keyingi bosqichiga o‘tish uchun avvalgi bosqich bo‘yicha tajribaga ega bo‘lish taqozo etiladi. Blum taksonomiyasining asosiy maqsadi pedagoglarda ta’lim maqsadining har uchala sohasi bo‘yicha moti-vatsiya uyg‘otish va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashdan iboratdir.
Kognitiv yo‘nalishdagi ko‘nikma va malakalar bilim, tushun-cha va tanqidiy mulohaza yuritishga daxldor. Blum taksonomiya-sida o‘quv maqsadlarining kognitiv yo‘nalishi quyidagicha tasnif­ lanadi: bilish, tushinish, qo‘llash, tahlillash, umumlashtirish va ba-holash. Ta’lim maqsadlarining kognitiv yo‘nalishida:

o bilish bosqichi o‘zlashtirilgan o‘quv materialini esda saqlab qolishni va aniq dallilar, nazariy qarashlarni amaliyotda qo‘llashni nazarda tutadi;





  1. tushinishning asosiy belgisi o‘quv materialini bir turdan ik-kinchi turga o‘tkaza bilish, voqea va hodisalarning keyingi bos­ qichini tasavvur qila olishdan iboratdir;

o qo‘llash turida o‘zlashtirilgan bilimlarni ma’lum shart-sha-roitda, begona vaziyatlarda foydalana bilish nazarda tutiladi;


o tahlillash kategoriyasi o‘zlashtirilgan bilimlarni aniq tizim-ga sola bilishni nazarda tutadi;o umumlashtirish kategoriyasi kashf etilgan yangilikka qismlarni yaxlitlash orqali qayta erishishni nazarda tutadi;






  1. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling