Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet49/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Adabiyottanuv fanidan o‘zlashtirgan bilimlaringizni xotirla-gan holda dramatik turga mansub asarlarning o‘ziga xos xususiyat-larini sanab bering. Ular orasidagi umumiylik va farqli jihatlarni alohida ajratib ko‘rsating.

  2. Daramatik asarlarning badiiy tahlili bilan o‘quv tahlili ora-sida qanday tafovut bor?

  3. «Temir xotin» o‘z mazmun-mohiyati bilan dramatik turning­ qaysi janriga mansub, Sizningcha? Bu asarning boshqa janrlardan farqini nimalarda ko‘rish mumkin deb o‘ylaysiz?

  4. Matndagi: «Boshdan oxir yengil yumorga yo‘g‘rilgan, bir oz fantaziya ham aks etgan bu asarda qanday jiddiy gap bo‘lishi mumkin?» degan savolni o‘zingiz yana-da to‘ldiring. Keltirilgan namunalarga, sizningcha, yana nimalarni qo‘shish mumkin?Dramatik asarlarning mutolaasi haqida nima deya olasiz? Sizningcha, ular darsda, o‘qituvchi tomonidan qanday o‘qilishi kerak?

  5. Alomatning: «Hamma gap shunda-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan – og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emasmisiz, Qo‘chqor aka! Qalbingizning unutilib­ ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan burchaklarida miltillayotgan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz, uni sezmaslikka olasiz!» degan gaplarida qanchalik haqiqat bor deb o‘ylaysiz? Uning fikriga qo‘shilasizmi? Nega? Fikringizni asoslang.




  1. Qo‘chqorning xayron bo‘lib: «Xo‘sh, nima ish qilipti! Hali qatorlashtirib bola tuqqani yo‘q, kechalari uyqudan qolib, beshik quchoqlab chiqqani yo‘q, har bir farzandi bilan ming bor kasal bo‘lib, ming bor sog‘aygani ham yo‘q. Bitta o‘zbek ayoli nima ish qilsa, shuning yarmini qildi, xolos...» degan gaplari bilan muallif nazarda tutgan «jiddiy gap» orasida aloqadorlik bormi, nima deb o‘ylaysiz? Bor bo‘lsa, u nimalarda aks etgan, Sizningcha?




  1. «Temir xotin» bilan bog‘liq tavsiya etilgan barcha savol va topshiriqlarga o‘zingiz javob bering. Shunda ertaga o‘quvchilaringizni nazorat qilish imkoniyatingiz konkretlashadi.




  1. Asarda ilgari surilgan haqiqatga o‘z munosabatingizni bildiring. Bu haqiqat sizni kuldirdimi yoki ta’bingizni xira qildimi? Nega shunday deb o‘ylaysiz?




  1. «O‘tgan kunlarimiz mening taqdirimda» mavzusida insho yozing. Auditoriyada har biringizning ishingizni muhokamaga torting. Yutuq va kamchiliklarini o‘rganing.

MA’RUZA № 21



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling