Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet59/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Butun adabiy ta’lim va mazkur o‘quv qo‘llanma mazmunan asoslangan: «O‘quvchi ma’naviy kamolotining asosi bo‘lgan tafak-kur va faoliyatdagi mustaqillik» degan tushunchaning mohiyatiga kiring. Shu vaqtgacha o‘rganganlaringizga asoslanib bu g‘oyani tahlilga torting. Qarashlaringizni asoslang.




  1. Matnda shunday fikr bor: «Uy vazifalari bajarilishidagi eng muhim shart unda dars va darslikdagi haqiqatlarning takrorlan-maslik kerakligidir». Siz buni qanday tushunasiz? Butun maktab hayotingizda ham, o‘rta maxsus ta’limi davrida ham, hatto oliy ta’limdagi faoliyatingizda ham uy vazifalarini bajarishingiz shun-day qarashga asoslanganmi, yo‘qmi? Fikringizni dalillang. Qola­ versa, nima deb o‘ylaysiz, bunday uy vazifalarini qanday tashkil etish mumkin? Shu haqda ham o‘ylab ko‘ring.




  1. Mavzu mazmunidan uy vazifasining zimmasiga ortiladigan mas’uliyat bilan bog‘liq fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ular-ning mohiyatiga kiring, tahlilga torting, munosabat bildiring.




  1. O‘quvchilarning uy vazifalarini qanday tashkil etish bora-sidagi jamiki fikrlarni alohida ko‘chirib yozing. Ularni o‘rganing va tahlilga torting. Munosabatingizni o‘rtoqlashing.




  1. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq quyidagi fikrga diqqat qiling: «Har safar, uy vazifasini so‘rashda o‘quvchilarning oldiga taqqoslash va umumlashtirishga undash uchun qo‘yilgan savollar ularning aqlini zo‘riqtiradi». Sizningcha, o‘quvchini «taqqoslash vaumumlashtirishga undash»ga yo‘naltiradigan savol va topshiriqlar qanday bo‘ladi? Qarashlaringizni biror badiiy asar misolida dalil-lang.

  2. Uy vazifasini so‘rash bilan bog‘liq jamiki fikrlarni ajrating.

Ularni izohlang. Munosabat bildiring.

  1. «O‘qituvchi qanchalik bilimdon, saviyasi ne qadar baland bo‘lsa, tarbiyalagan o‘quvchilarini ham o‘zining darajasida yuqo-rilatib boraveradi» tarzidagi hukm-xulosaga diqqat qiling. Mam-lakatning, millatning ertasi sizning shaxsingiz, mahoratingiz bilan ne qadar bog‘liq ekani haqida o‘ylab ko‘ring. Qanoatlaringizni ovoz chiqarib e’tirof qiling, agar bunga jur’atingiz yetmasa, ada-biyot daf­taringizga yozib qo‘ying. Amaliy faoliyatingizda kerak bo‘ladi.




  1. O‘quvchilarga uy vazifalari berish borasida o‘qituvchilarga xos bo‘lgan umumiy illatlarni ajrating. Ularni bartaraf qilish yo‘llarini tavsiya eting. Mazkur fojea-muammoni birgalikda muho-kamaga torting.

  2. O‘quvchida siz o‘qituvchi sifatida shakllantirishingiz lozim bo‘lgan «shaxslik sifatlar» haqida o‘ylab ko‘ring. Ularni, nomma-nom sanang va qayd eting. Sanalgan fazilatlarning o‘z «men»ingizda qanchalik mavjudligi haqida o‘qituvchilik mas’uliyati bilan fikr yuriting.

  3. O‘quvchilarga uyda o‘qish uchun beriladigan vazifalarning alohida xususiyatlarini ajrating va muhokamaga torting. Muhim va nomuhimlarini belgilang. Munosabat bildiring.

  4. Adabiy ta’limning boshlang‘ich bosqichida o‘qilgan asar-lar yuzasidan berilaigan uy vazifalarining qaysi biridan yuqori sinf-larda ham foydalanish mumkin deb o‘ylaysiz? Fikringizni nimlar bilan asoslaysiz?

  5. Suratlar bilan ishlash borasidagi uy vazifalariga qo‘yiladigan talablarga diqqat qiling. O‘quvchilarga bunday topshiriqlar be­ rish uchun o‘zingiz suratlarni o‘qish borasida ma’lum bilimga ega bo‘lishingiz kerakligini ta’kidlash shartmasdir!? O‘qituvchingizga metodika darslarida suratlar bilan ishlash mashg‘ulotlarini taklif qiling. Birgalikda o‘zingizda tasviriy san’at namunalarini o‘qish ko‘nikmasini shakllantirib boring.




  1. Istalgan mavzuda uy inshosi yozing. O‘rtoqlaringizning in-shosini bir o‘qituvchi sifatida tekshiring. Xulosalaringizni, xato va kamchiliklarni muhokama qiling.


MA’RUZA № 23

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling