Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Yod olish uchun beriladigan uy vazifalari


Download 1.11 Mb.
bet56/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Yod olish uchun beriladigan uy vazifalarining nomi va soni adabiyot dasturida va darsliklarda aniq ko‘rsatilgan. Pedagogika ilmida­ bir darsda yod olish uchun beriladigan uy vazifalari 1-sinfda to‘rtdan sakkiz qatorgacha; 2-sinfda sakkizdan o‘ntagacha; 3 – 4-sinf­arda 16 satrgacha; 5-sinfda 16 – 18; 6-sinfda 20 – 22; 7-sinfda 22 – 24; 8-sinfda 24 – 26; 9-sinfda 28 – 30 misra atrofida bo‘lishi tavsiya etilgan. Biror asarning to‘liq matni yoki asardan parcha yod olishni uy vazifasi sifatida topshirishdan avval uning mazmuni o‘quvchilar tomonidan yaxshilab tushunib olinishiga erishiladi. Asarni yod olish­dan oldin u darsda sharhlab o‘rganilishi, she’r matni o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi shart. Asarning yoddan, ifodali o‘qilishi darajasi uning qanchalik anglashilganligini ko‘rsatadi. Adabiy ta’lim davlat standarti talabi bo‘yicha yod olinishi lozim bo‘lgan asarlarni barcha o‘quvchilar yod olishlari shart. Lekin dasturda ham o‘quvchilar yodlashlari uchun ma’lum miqdorda qo‘shimcha o‘quv materiallari taqdim etilgan. Ularni yod bilish darsliklardagi she’rlar yuzasidan taqdim etilgan savol-topshiriqlar ustida ishlashni osonlashtiradi. Dasturda va darslikda yod olish talab qilingan barcha she’riy asarlarni o‘quvchilarning hammasidan birday talab qilish ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bu o‘rinda o‘quvchilarning xohish-istak va imkoniyatlarini inobatga olish kerak.

Suratlar bilan ishlash bo‘yicha uy vazifalari. Boshlang‘ich sinflarda asar matni yuzasidan chizilgan suratlar ustida ishlash topshirig‘i ko‘proq uchraydi. Bunday suratlar o‘quvchilarga asar qahramonlarini tiniqroq tasavvur qilishga ko‘maklashadi. Lekin bugungi ta’lim amaliyotida, o‘qish darslarida rasmlar ustida ish-lash juda no‘noqlik bilan tashkil etilgan. O‘qituvchilar rasmlardagi faqat yuzaki jihatlarni ochishni talab qiladilar. Chunki boshqa-cha o‘qishni o‘zlari ham bilmaydilar. Ularga oliy maktabda buo‘rgatilmagan.Asar matni yuzasidan ishlangan suratlar ustida ishlash o‘quvchilar ma’naviy kamolotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar bilan ishlash bo‘yicha berilgan uy vazifalarida ranglarning o‘rni, ularning surat uchun umumiy ahamiyati, o‘zaro mutanosibligi, nega aynan shu rangning qo‘llanilganligi, suratda yoritilgan narsalarning o‘rni, ularning umumiy tasvirga ta’siri bilan bog‘liq vazifalar topshiriladi. Sinflar yuqorilab borgan sari suratlar ustida ishlash bilan bog‘lab berilgan uy vazifalarida rasmdagi shaxslarning yuz ifodasi, yuzidagi, ko‘zlaridagi, turishi yoki holatidagi ifodalar tahliliga, har birini tasvirlashda qo‘llangan ranglarga o‘quvchilarning e’tibori tortiladi.


Bu o‘quvchida rangni his qilish, undan ta’sirlanish, tasvirni, rang­lardagi musiqiylikni o‘qish mahoratini shakllantiradi. Uy vazi-fasini bajarishda suratda ifodalangan har bir predmetni ajratish, uning rasmdagi vazifasini izohlash, rasmda tasvirlangan hodisa-ning boshi yoki oxirini o‘ylab topish, hikoyalab berish, kabi top-shiriqlar hikoya bayonida fikrdan fikrga o‘rinsiz sakrab ketmaslik ko‘nikmasini shakl­lantiradi. Olamni, odamni ranglar ko‘magida baholashga o‘rgatadi. Qahramonning ko‘zlari, yuz ifodasi, holati tahlili o‘quvchini suvrat va siyratni farqlashga odatlantiradi.





Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling