Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet64/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

1. Darslik bilan ishlash darslari. Yangi mavzu bir necha qismlarga bo‘linadi. O‘quvchi o‘qituvchining matnga tayangan holda munosabat bildirishga yo‘naltiruvchi savollariga javob-ni darslikka qayta-qay­ta murojaat qilgan holda topadi. Javoblar tahlil qilinib, baholanadi. Dars oxirida o‘qituvchi mavzuni qisqa-cha umumlashtirib, yakunlaydi. Bu ish turi o‘quvchilarni darslik va qo‘shimcha manbalardan foydalanib, mustaqil bilim olishga o‘rgatadi.


2. Va’zxonlik darslari. Bunday darslar, asosan, yuqori sinf­ larda amalga oshirilib, o‘qituvchi ma’ruzasidan iborat bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘proq tinglovchiga aylanadilar. Va’zxonlik darsla-rida o‘qituvchi nutqining izchilligi va ravonligi, aniq reja asosiga qurilishi va ko‘rgazmalilikka asoslanishi muhim sanaladi.


3. Mustaqil fikr yuritish darslari. O‘quvchilarga yangi mate-rialning ayrim qismlari beriladi. Berilgan voqea, hodisaning kelib chi­qish sabablarini izlab topish o‘quvchilar tomnidan amalga oshiriladi. Bunday darslar o‘quvchilarni mustaqil tafakkur qi-lishga o‘rgatadi, o‘qituvchi material tanlashda uni qiziqarli va o‘quvchilarning hissiy-intellektual ehtiyojlarini qondirishga xiz-mat qiladigan bo‘lishi talab qilinadi.

4. Seminar darslari. Adabiyot darsliklaridagi katta mavzular, xususan, bir ruknga jamlangan materiallar to‘liq o‘tib bo‘lingandanso‘ng mavzular o‘quvchilarga qayta bo‘lib beriladi. O‘qituvchi yor-damida reja tuzilib, foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati taqdim etiladi. Har bir o‘quvchi o‘z mavzusining mohiyatini ochib ber-ganidan so‘ng sinfdagi boshqa o‘quvchilar so‘zga chiqib mavzuni to‘ldirishi mumkin bo‘ladi. Dars oxirida har bir so‘zga chiqqan, munosabat bildirgan, fikrlarni to‘ldirgan ishtirokchilarning faoli-yati tahlil qilinadi, har biri haqida alohida fikr aytilib baholanadi. Seminar darslari o‘quvchilarda mustaqil izlanish va javobgarlik hissini tarbiyalaydi.





  1. Sinov darsi. Bu tipdagi saboqlar ikki turli bo‘ladi. Sinov darslarining birinchi shaklida o‘qituvchi yirik boblarni ma’ruza tarzida o‘tadi. O‘quvchilarga materiallarni umumiy tarzda qam-rab oluv­chi savollar beradi. Keyingi soatlarda shu savollarga ja-vob oladi. Darsning bu turi tarbiyalanuvchilarni barcha savollarga javob topish uchun izlanishga chorlaydi. Yaxshi o‘zlashtiradigan o‘quvchilar bilan qo‘shimcha ishlash va past o‘zlashtirganlarga yordam berish uchun sharoit yaratiladi. Sinov darslarining ikkin-chi turi o‘quv yili va chorak davomida o‘tilgan materiallar maz-munidan kelib chiqqan holda savollar berish bilan farqlanadi. O‘quvchilar tayyor bo‘lgan paytlarida yoki ro‘yxat asosida javob berishlari mumkin. Sinov darslari o‘quvchilarning o‘tilgan materi-allarni to‘liq bilishiga qaratiladi.




  1. Muloqot darsi. Bunday darslarda sinf o‘quvchilarini ikki gu-ruhga bo‘lib, yumaloq stol atrofida davra suhbati tashkil etiladi. Muloqot darslarida oldindan hech qanday vazifa berilmay, o‘tilgan mavzularni qaytarib kelish topshiriladi. Darsda o‘qituvchi har ik-kala guruh a’zolariga turli shakllarda vazifa beradi va javoblar-ga qarab ball qo‘yadi. Ball qo‘yishda 2 – 3 o‘quvchidan ekspert sifatida foydalanishi ham mumkin. Ekspertlar dars davomida qo‘yilayotgan ballarni umumlashtirib boradi hamda o‘zlarining taklif-mulohazalarini aytadilar. Bunday dars usullari o‘quvchilarni tashabbuskorlik, ijodkorlikka yo‘naltiradi.




  1. Muammoli dars. Darsda muammoli vaziyat vujudga keltirila-di. O‘quvchilar muammo yechimini yakka holda yoki guruh bo‘lib izlashlari mumkin. Dars davomida bir necha muammoli savollar o‘rtaga tashlanadi va umumiy xulosa chiqariladi. Muammoli vazi-yat o‘quvchilarda aqliy izlanish ko‘nikmalarini shakllantiradi.Ko‘rgazma darsi. Bunday darslarda o‘quvchilar ilgaridan berilgan vazifalar bo‘yicha albom, referat yoki o‘zlari tayyorlagan mahsulot, materiallardan ko‘rgazmalar tayyorlaydilar. Ko‘rgazma materiallaridan foydalangan holda o‘tilgan mavzu mazmuni yoritila-di. Ko‘rgazma darsi o‘quvchilarda o‘z mehnatini namoyish qilish, hikoya qila bilish va emotsional holatlarini boshqarish ko‘nikmasini shakllantiradi.





  1. Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling