Pedagogika ilmi va amaliyotida ko‘p zamonlardan beri ta’lim tarbiyadan ustuvor sanalib kelinayotganini bo‘lajak hamkasblar talabalik yillarida o‘zlashtirayotgan bilimlari asnosida payqagan bo‘lishlari kerak


Download 1.11 Mb.
bet63/71
Sana08.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1756263
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Bog'liq
AOM 3 KURS majmua

Savol va topshiriqlar:

  1. Yuqorida mutaxassislar tomonidan asar qahramonlari shax-siga berilgan tavsiflarga diqqat qiling. Ularga o‘z munosabatingiz-ni bildiring.




  1. Istalgan badiiy asarning qahramonlariga o‘zingiz tavsifno-ma yozing. Qahramonlar tabiatidagi hislatlarni munosib baholash-ga urinib ko‘ring.




  1. Badiiy asarlardan biridagi ikki qarama-qarshi timsolni bir-biri bilan taqqoslab qiyosiy xarakteritika yozing. Ular tabiatiga xos bo‘lgan ijobiy va salbiy hislatlarning sabablari va manbalari haqida xolis mulohaza yuriting.




  1. Badiiy bitiklarning qahramonlarini baholashda ularga qan-day yondashgan ma’qul, sizningcha? Nima uchun?

  2. Badiiy asarlarning qahramonlariga xos bo‘lgan «ijobiy» va

«salbiy» singari tushunchalarga o‘z munosabatingizni bildiring. Ularga shunday yondashish mumkinmi? Nima uchun?

  1. «Men suygan suyukli» yoki «Do‘stim va muhabbat» mav-zularidan birida (yoki o‘zingiz istagan biror mavzuda) esse yoz-ing. Unda shaxsni tavsiflashga urg‘u bering. Qahramoningiz fe’l-atvoridagi xususiyatlarni tahlilga torting.

  2. MA’RUZA № 25

  3. ADABIYOTDAN DARS SHAKLLARI (TURLARI) Reja:

  4. Adabiyot o‘qitish metodikasi ilmidagi dars shakllari.

  5. Dars va uning maqsadiga ko‘ra turlari.




  1. Darsning shakliga ko‘ra turlari.




  1. Ularning tasnifi va talqini.

Keyingi vaqtlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsning uy vazifasini so‘rash, uni mustahkamlash, yangi darsni tushunti-rish va uni mustahkamlash, uyga topshiriq berish singari an’anaviy tizimiga qat’iy amal qilishdan voz kechilgan. Ayni holat adabiyot o‘qitish kechimiga yangicha yondashuvni taqozo etib, muallimlar-ni o‘quvchilar faolligini oshiradigan saboq turlaridan foydalan-ishga undamoqda. Tashabbuskor adabiyot o‘qituvchilari bugungi kunda darsning bir qator yangi shakllari bilan ish olib bormoqdalar.


Zamonaviy adabiyot saboqlariga tegishli tamoyillarni aniqlash uchun, avvalo, darsning o‘zi nima ekani haqida tushunchani yana bir marta mustahkamlab olish zarur. Dars – ta’limning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtrilishi lozim bo‘lgan bilim, shakllantirilishi zarur bo‘lgan ko‘nikma, malaka, dunyoqarash va axloqiy-este-tik sifatlarni o‘zlashtirish maqsadida tashkil etiladigan shakli. Ta’limning bunday shakli doimiy shug‘ullanadigan o‘quvchilar ja-moasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib sinf-dars tizimida qo‘llaniladi143. Dars maktab­da o‘quv ishlarini tashkil etishning asosiy shakli bo‘lib, bir xil guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar bilan qat’iy jadval asosida o‘tkaziladi. Unda ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida sinf-dars tizimi jamoaviy o‘qitish shakli sifatida alohida ijtimoiy axamiyatga ega. Chunki u maktab yoshidagi bolalarga ommaviy ta’lim berishga, o‘quvchilarni ja-moaviy va ijtimoiy faollik, milliy g‘oyaga uyg‘un, vatansevarlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi. Darsdan maqsad o‘quvchilarga bilim berish va ular olgan bilimni amalda qo‘llay oladigan darajaga yetkazishga erishish, har bir o‘quvchida komil shaxsga xos fazilatlarni shakllantirishdir.D arsning maqsadiga ko‘ra turlari quyidagicha:



  1. mavzuni o‘rganish, umumiy ma’lumotlar bilan tani­shish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darsi;

  2. o‘tilgan mavzuni mustahkamlash darsi;




  1. o‘quvchilar bilim va ko‘nikmalarini tekshirishga qaratilgan nazorat darsi;




  1. ikki yoki undan ortiq dars turlarining birga qo‘llanilishidan yuzaga kelgan aralash dars.

Darslar tuzilmasini uning maqsadi va mazmuni belgilaydi. Har bir fan yuzasidan tashkil etiladigan darslar o‘quv dasturiga mos tarz­da o‘tiladi. Dars davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.


O‘qitish amaliyotida darsning shakliga ko‘ra quyidagi turlari mavjud:



Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling