Pedagogika inson tarbiyasi to’g’risidagi fan. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi. Tarbiyaning ijtimoiy hodisa ekanligi


Download 67.5 Kb.
bet4/5
Sana27.03.2023
Hajmi67.5 Kb.
#1299716
1   2   3   4   5
1. 4. Pedagogika fanlari tizimi.
Pedagogika yosh avlod tarbiyasida uning yosh va individual (psixologik) xususiyatlarini hisobga olib boradi. Shu bois pedagogika uchun pedagogik psixologiyaning bola xususiyatlari, ularda o’tadigan psixik jarayonlarining qonuniyatlari haqidagi ma‘lumotlar muhimdir. Shunga ko’ra pedagogikaning psixologiya fani bilan bog’liqligi an‘anaviy tus olgan. Pedagogika fani ob‘ekti yil sayin kengayib bormoqda, natijada uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda.Ular pedagogika fanlari tizimlari deb ataladi.Hozirgi vaqtda pedagogika bir necha tarmoqlarga bo’lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalash va o’qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug’ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma‘rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o’rganadi), hunar-texnika ta‘limi pedagogikasi, harbiy pedagogika kabi tizim tarmoqlari mavjud.
Pedagogika fanini ulkan katta daraxtga qiyoslash mumkin. Har bir fan o'z rivojlanishida, o'z nazariyalarini boyitadi, o'zining ichki amaliy yo'nalashlariga tayanib takomillashib boradi. Hozirgi vaqtda pedagogika fani o'z fanlari tizimiga ega. Ular:
Umumiy pedagogika (insonga, shaxsga ta'lim tarbiya, ma'lumot berish shakli, mazmuni, usullari va ularni shakllantirishning, tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini tadqiq qiladi va amaliyotda qo'llashga o'rgatadigan);
Yoshlar pedagogikasi (turli yoshdagi kishilarga ta'lim tarbiya berish, shaxsni shakllantirishning o'ziga xos tomonlarini o'rganadi);
Maktab pedagogikasi (maktab yoshdagi o'quvchilar ta'lim tarbiya sohasining o'ziga xos tomonlarini o'rganadi);
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni o'qitish, tarbiyalashning o'ziga xos tomonlarini);
Pedagogika tarixi (turli tarixiy davrlarda maktablar ta'lim tarbiyasi, pedagogik g'oyalarning mazmuni, rivojlanish masalalarini);
Metodika (ta'limning umumiy qonuniyatlarini muayyan predmetlaridan (ya'ni ona tili, adabiyot, tarix, fizika, ximiya, matematika, jismoniy tarbiya) dars berishda qo'llashning o'ziga xos xususiyatlarni, usullarini tadqiqi qiluvchi sohasi);

Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling