Pedagogika inson tarbiyasi to’g’risidagi fan. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi. Tarbiyaning ijtimoiy hodisa ekanligi
Download 67.5 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy pedagogika
- 1.5. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni
Oila pedagogikasi (oila muhiti, a'zolari, sharoiti, ta'lim tarbiyasining umumiy masalalarini);
Kasb pedagogikasi (ishlab chiqarish), (turli kasblarning o'rganishning umumiy masalalarini); Qiyosiy pedagogika (G'oyalarni taqqoslab xulosa chiqarish masalalari); Xalq pedagogikasi (mazkur xalqi ta'lim tarbiyasi, maktabi, ijtimoiy turmush tarzi, madaniyati, ma'naviyati, ahloq odobi singarilarni); Ijtimoiy pedagogika (barcha yoshdagi fuqarolarni tarbiyalashning zama'naviy imkoniyatlari, vositalari va manbalarini); Tibbiyot pedagogikasi; Harbiy pedagogika; Rahbarlik pedagogikasi; Mehnat pedagogikasi singari tarmoqlari mavjud. Maxsus pedagogika (Defektologiya) Pedagogika faqat sog’lom o’quvchilarning ta‘lim-tarbiyasi bilangina emas, balki kamolotda qusuri bor bolalar ta‘lim-tarbiyasini ham o’rganadi.Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika deb yuritiladi. Maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta‘lim-tarbiya berish), lagapediya (tili yassi, tili chuchuk bolalarni o’qitib tarbiyalaydigan pedagogika), tiflo pedagogika (ko’r va yaxshi ko’rmaydigan bolalarni tarbiyalash), surdo pedagogika (kar va go’ng bolalarni o’qitish va tarbiyalash) kabi fanlar kiradi. 1.5. Pedagogika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va uning mazmuni Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar singari ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kuniizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma‘lumot beruvchi nazariyalar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo’ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanish qoidalari to’g’risidagi ma‘lumotlarga asoslanadi va o’zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Avvalo har bir o’quvchi, o’qituvchi-murabbiy o’z ona yurti tarixini bilishi, uni sevishi, vatanparvar bo’lishi zarur. Ta‘lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo’lmay turib pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun esa uning o’tmishdagi taraqqiysini bilmoq kerak. Tarbiyaning mohiyatini ilmiy asosda tushunish uchun aniq tarixiy shariatda uning taraqqiy etishi qonuniyatlarini bilish zarur.Shuning uchun pedagogika ijtimoiy fanlardan biri sifatida ijtimoiy fanlar bilan yaqin aloqada rivojlanib boradi. Tarbiya maqsad va vazifalarini inson shaxsining har tomonlama rivojlanish qonuniyatlarini ishlab chiqarish jarayonida tarix, falsafa, iqtisod, sosiologiya, etika, estetika, umumiy psixologiya, yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, kasb psixologiyasi, oila psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, odam psixologiyasi, harbiy psixologiya va fiziologiyasi bolalar gigienasi, pediatriya, medisina, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqa qiladi. Psixologiya fani bilan aloqasini tahlil qilamiz. Pedagog o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda ularni sezgisi, idroki, tasavvur, diqqat, tafakkur va xotirasi kabi psixik jarayonlarni bilish darkor. Shuning uchun pedagogika fani psixologiya fani bilan alohida ish olib boradi. Har bir fan o'z rivojlanishida o'z nazariyalarini boyitishda o'zining ichki ilmiy yo'nalishlariga tayanib, takomillashib boradi. Hozirgi davrda umuminsoniyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida axborot, ma'lumot beruvchi turli fanlar muayyan darajada pedagogika fani uchun manba bo'ladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika har bir insonning umumiy kamolatiga xizmat qiladi. O’qituvchi-tarbiyachiyoshlargabilimberish, ma‘lumotliqilish, tarbiyalashmaqsadidaungatizimlita‘sirko’rsatadi.Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya‘ni, ko’rsatilayotgan ta‘sirning samarasini bilish uchun o’quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat va tafakkur- fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga asoslanib ta‘sir ko’rsatish rejasini belgilaydi. Demak, pedagogika fani psixologiya va sotsiolagiya kabi fanlar bilan uzviy bog’langandir. Falsafa fani esa pedagogika fani uchun metodologik asos bo’lib xizmat qiladi. Chunki, hozirgi ta‘lim-tarbiya nazariyasi yutuqlari falsafiy fikrlar kurashi va taraqqiyotining mahsulidir. Falsafa pedagogikani ilmiy usullar bilan qurollantiradi, ta‘lim va tarbiyaning ob‘ektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo’ladi. Umuman, pedagogika fani o'z oldidagi maqsad va vazifalarni hal etishda boshqa fanlar yutuqlaridan foydalanmasdan ish olib borish mumkin emas degan xulosaga kelish mumkin. Download 67.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling