Reja kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 0.63 Mb.
bet1/4
Sana24.03.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1291910
  1   2   3   4
Bog'liq
Kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari.


Kasb psixologiyasining predmeti, vazifalari va amaliy sohalari.

REJA


Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari.
1
Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
2
Fanlar tizimida kasb psixologiyasi, kasb psixologiyasi mutaxassislik fani haqida tushuncha va ilmiy tasavvur hosil qilish
3

Kasb psixologiyasi fanining shakllanishi tarixi, predmeti, maqsadi va vazifalari.

  • Kasblar psixologiyasining mustaqil fan sifatida shakllanishini 3-bosqichini ajratish mumkin. 1. XIX-asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkillashtirishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalishini paydo bo‘lishi, shuningdek, psixotexnika taraqqiyotining asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va shu usullarini rasionalizasiya qilish, avariya va shikastlanishni kamaytirish, ishlab chiqarish ta‘limining shakllanishi masalalariga e‘tiborning kuchayishdir. 2. XX-asr boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va shakllanishi shuningdek, kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 3. XX-asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarini hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va industrial psixologiyadagi vazifalarning paydo bo‘lishi, mehnat psixologiyasining bu sohasi profpsixologiya yoki kasblar psixologiyasi deb nomlana boshladi. Kasb psixologiyasi doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash, va kasbshunoslik bo‘yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil ilmiy fan sifatida kasb psixologiyasi yuzaga keldi va bu AQSHlik olimlar J. Krites va D. Super ishlarida ko‘zga tashlangan.

Fanning maqsad va vazifalari.

  • Fanning maqsadi: Talabalarga fan soxasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha va tasavvularni shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish.
  • Fanning vazifalari: Talabalarni ilmiy ma'lumotlar bilan tanishtirish asosida kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liklikni asoslash; kasblar psixodiagnostikasi haqida tushuncha berish; shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalarini o’rganish.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling