1-ILOVA.
Maxsus fаnlаrini o’qitish jаrаyoni yaхlit tizim sifаtidа quyidаgichа nаmоyon bo’lаdi (1-chizmа):
3-MAVZU: MAXSUS FAN O‘QITUVCHISINING O‘QUV-MEYORIY HUJJATLARI
Reja:
Pedagog shaxsi va uning kasbiy kompetentlikgi.
Kasbiy kompetentlik sifatlari.
Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.
Таянч сўзлар: Kompetentlik,ўқитувчи шахси, Kasbiy kompetentlik, Ijtimoiy kompetentlik ,
Shaxsiy kompetentlik ,Texnologik kompetentlik ,Maxsus (ёki kasbiy) kompetentlik ,Ektremal kompetentlik .
1. Pedagog shaxsi va uning kasbiy kompetentlikgi.
Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o‘rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo‘lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo‘lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo‘sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o‘zida qanday kompetentlik sifatlarini ѐrita olishi zarur? Ayni o‘rinda shu va shunga ѐndosh g‘oyalar yuzasidan so‘z yuritiladi.
“Kompetentlik” (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoѐn eta olish, degan ma’noni bildiradi.
“Kompetentlik” tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hol-larda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishi-shi, raqiblar bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to‘la ma’lumot-lardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jaraёnlarda harakatlanish rejasiga egalik”ni anglatadi.
Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olinishi bildiradi.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘na-lish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtiri-lishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rga-nishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma’lu-motlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |