1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o‘rganish ob’ektlari va asosiy mazmunli yo‘nalishlari ko‘zda tutiladigan o‘quv fani-ning umumiy ta’rifi.
2. O‘quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya’ni talabalarning o‘quv tayyorgarliklari zarur bo‘lgan minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko‘nikma va malakalarga qo‘yiluvchi talablar, bu ularning maj-buriy tayyorgarliklari darajasining “o‘lchamidir”, ya’ni, tekshirish ishla-ri, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab talabalar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo‘ladi.
4-MAVZU: MAXSUS FANLARINI O’QITISH MAZMUNI. MAXSUS FANLARINI O’QITISH QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI.
Режа:
Maxsus fanlarini o’qitish qonuniyatlari.
Maxsus fanlarini o’qitish tamoyillari.
Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini belgilovchi muhim g‘oyalar.
Maxsus fanlarini o’qitish mazmunini tanlab olish tamoyil va mezonlari.
Tayanch so’zlar: qonuniyat, tamoyil, mazmun, mezon, Davlat ta’lim standarti, o’quv reja, o’quv dasturi, darslik, o’quv qo’llanma.
Maxsus fanlarini o’qitish qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik xarakter berishi-da aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma ho-latlarda ham aniq ko‘rib bo‘lmaydi.
Qonuniyatlar asosan empirik metodlar asosida paydo bo‘ladi va ikkiga ajraladi.
1. Tashqi qonuniyatlar ta’lim jarayonida ta’limning ijtimoiy jarayon-lar va sharoitlari bilan bog‘liqligida xarakterlanadi.
2. Ichki qonuniyatlar ta’lim jarayonida uning tarkibiy qismlari (maq-sad, mazmun, vosita, metod, shakllari) orasidagi aloqani hosil qiladi. Bunday qonuniyatlar pedagogikada juda ko‘p.
- pedagogikaning o‘rgatuvchilik faoliyati ko‘pincha tarbiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. Bu qonuniyat ta’lim va tarbiya orasidagi aloqada aks etadi;
- o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati va ta’lim nati-jalari orasida bog‘liqdik mavjud;
- o‘rgatilayotgshan bilimlarga o‘rganish istagining mosligi;
- ta’lim beruvchi harakatlarining ta’lim oluvchilarning yakka va jamo-aviy faoliyatiga mosligi;
- ta’lim beruvchi harakatlarining ta’lim oluvchilarning bilish, intellektual va boshqa ehtiyojlariga mos bo‘lishi;
- ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatining ta’limning texnik vositalari imkoniyatlariga mosligi;
o‘qituvchi va talabalar faoliyatining zamonaviy hayot shart-sharoitla-ri talablari asosida modellashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |