Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi


Download 0.54 Mb.
bet23/93
Sana03.12.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1801771
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Ta’lim metodlari tasnifi:
1. An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Ver-zilin va bosh.)
2. Talabalarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasni-fi (I.YA.Lerner va M.N.Skatkin).
3. Asosiy didaktik maqsadlariga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (M.A.Da-nilov va B.P.Esipov).
4. Ta’limning binar metodlari (M.I.Maxmutov).
5. YAxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (YU.K.Babanskiy).
6. Ta’limning interfaol metodlari.

Maxsus fanlarini o’qitish metodlarining mohiyati va mazmuni.

Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funksiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi talabada faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qi-tuvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bos-qich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ket-ligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quv-chilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, talabalarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, talabalarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat talabalarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, talabalar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning in-duktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi.
Suhbat ko‘proq talabalarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilim-larni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘z-lashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi.

Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masa-lalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materia-lining bir qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda material-ning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchi-ning ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish meto-di sanalib, uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va bir vaqida talabalarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling