Operatsion tizimlar
Mavzu:Jarayonlar modeli. Jarayonlar holati
Bajardi:Egamberdiyev D
Tekshirdi:Xudayberdiyev M
REJA - Jarayon tushunchasi
- Jarayonlar holati
- Jarayonlarni yaratish
- Xulosa
Jarayon tushunchasi - “Dastur” va “topshiriq” tushunchalari statik, faol bo’lmagan obyektlarni tavsiflash uchun ishlatiladi.
- Dasturning bajarilishi uchun, operatsion tizim ma’lum hajmli xotira ajratishi, unga kiritish/chiqarish qurilmalari va fayllarni birlashtirishi, ya’ni butun hisoblash tizimi resurslari hisobidan ma’lum qismini joriy dastur uchun ajratib qo’yishi lozim.
- Ularning soni va konfuguratsiyasi vaqt o’tishi bilan o’zgarishi mumkin. Bunday faol obyektlarni tavsiflash uchun “dastur” va “topshiriq” terminlari o’rniga “JARAYON” terminini ishlatiladi.
- Demak qisqa qilib aytganda, jarayon – bu biron bir dastur bajarilishidagi faol topshiriqlar (buyruqlar) ketma-ketligi.
Jarayon tushunchasi - Jarayon tushunchasi resurslar (bajarish uchun ajratilgan xotira yoki manzilli fazo, steklar, foydalanilgan fayllar va kiritish-chiqarish qurilmalari va boshqalar) bilan bog'liq qandaydir bajarilayotgan buyruqlar birlashmasi to'plami bilan hamda ularni operatsion tizim nazorati ostida (registr qiymatlari, dastur hisoblagichi, holat steki va o'zgaruvchilar qiymatlari) bajarilishining joriy momentini bilan xarakterlanadi.
- Jarayon
Jarayon tushunchasi - Hisoblash tizimlarida ishlov beriladigan jarayonlar va dasturlar o'rtasida birga-bir muvofiqlik mavjud emas.
- Ba'zi operatsion tizimlarda ma'lum dasturlarni ishga tushirish uchun bir nechta jarayonlar tashkil etilishi yoki bir jarayon bir nechta turli dasturlarni ketma-ketlikda ishlashini ta’minlashi mumkin.
- Bundan tashqari, bitta jarayon doirasida faqat bitta dasturga ishlatilganda ham, jarayonni bajariladigan fayl kodi, ma'lumotlari va ularga ajratilgan resurslarning dinamik tavsifi deb hisoblab bo’lmaydi.
- Jarayon operatsion tizimning nazorati ostida bo’lganligi uchun u yadro kodining bir qismini ishlatadi (u bajariladigan faylda joylashgan emas), masalan, dastur mualliflari tomonidan maxsus rejalashtirilgan hollarda (masalan, tizim chaqiriqlaridan foydalanganda) va kutilmagan vaziyatlarda (masalan, tashqi uzilishlar bilan ishlashda).
Do'stlaringiz bilan baham: |