Pedagogika kafedrasi maxsus fanlarini o’qitish metodikasi fanidan o`quv metodik majmua bilim sohasi


Download 0.54 Mb.
bet27/93
Sana03.12.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1801771
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93
Bog'liq
Pedagogika kafedrasi-fayllar.org

Psixodrama va sotsiodrama - bu rolli o‘yinga, ishbilarmonlik teatriga o‘xshagan bo‘lib, faqat bu erda sotsial-psixologik masalalar echiladi. Bunday masalalar jumlasiga jamoadagi vaziyatni his kila olish, boshqa kishini ruhiy holatini to‘g‘ri baholash va uni o‘zgartira olish, u bilan unumli muloqotga kira olish kiradi.


O’qitishning interfaol metodlari. Interfaol va interaktiv so’zlari bir xil ma’noda bo’lib, interaktiv so’zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “act” – “harakatlanish” so’zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o’qituvchi) bilan bo’lish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta’lim – avvalo dialogli ta’lim bo’lib uning davomida o’qituvchi va talaba, talaba va kompyuter o’zaro hamkorligi amalga oshiriladi.
Interfaol ta’limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil etadi. Ta’limning interfaol metodlari talabalarning ulkan ta’limiy qudratidan foydalanish va faollashtirish, o’quv jarayoniga musobaqa elementlarini kiritish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar guruhining aqliy kuchi uning a’zolari kuchi yig’indisidan ko’proq (ya’ni guruh natijasi individual natijalar yig’indisidan doimo ortiq).
Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv jarayonini shunday tashkil etadiki unda barcha talabalar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Interfaol ta’lim – bu ta’limdagi chuqurlashtirilgan muloqot. Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda talabalarni o’z-o’zini rivojlantiradigan, o’zi mustaqil izlanib, bilimlarni egallaydigan darajaga olib chiqish asosiy vazifa hisoblanadi.

Interfaol metodlar ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarflamay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishish maqsadini nazarda tutadi. Dars mobaynida ma’lum nazariy bilimlarni talabaga yetkazish, unda ayrim faoliyat yuzasidan ko’nikma va malaka hosil qilish, ma’naviy sifatlarni shakllantirish, talaba bilimini nazorat qilish hamda baholash o’qituvchidan yuksak mahorat va tezkorlik talab qiladi.

Klaster (Klaster-tutam, bog’lam) – axborot xaritasini tuzish yo’li; barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yig’ish.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling