Pedagogika” kafedrasi “Pedagogik konfliktlarni boshqarish texnologiyasi” mavzusidagi kurs ishi bajardi


Muommoning o’rganilganlik darajasi


Download 134 Kb.
bet2/7
Sana18.02.2023
Hajmi134 Kb.
#1209973
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Pedagogik konfliktlarni boshqarish texnologiyasi

Muommoning o’rganilganlik darajasi: Oila va bola mavzusi mustaqillik yillarida ilmiy-tadqiqot ishlarining bosh mavzusi sifdatida e’tirof etilmoqda. Uning turli qirralari yoritilib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida yosh avlodni oilaviy hayotga tayyorlash bosh muammolardan biri hisoblanadi. N.N.Azizxo‘jaeva, U.Sh.Begimqulov, R.X.Jo‘raev, U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, O.M.Musurmanova, E.A.Seytxalilov, N.M.Egamberdiyeva, F.R.Yuzlikayev, Z.E.Azimovalarning ilmiy izlanishlarida bu muhim muammoni tadqiqot ob’ekti qilib belgilab, Pedagogik konfliktlarni boshqarish texnologiyasini takomillashtirishgan. Shu asnoda yoshlar kelajagimiz poydevori ekan, ularni keltirilgan mana shu vazifalar asosida ongini oshirishimiz, tarbiyalashimiz lozim.
Kurs ishining maqsadi: Pedagogik konfliktlarni boshqarish texnologiyasini takomillashtirish
Kurs ishining obyekti: Oilaning tarbiyaviy iqlimi va uning bola shakillanishiga ta’sir jarayoni
Kurs ishining predmeti: Oilaning tarbiyaviy iqlimi va uning bola shakillanishiga ta’sirini o’rganishning metod, usul va vositalari
Kurs ishining vazifalari:
1. O’rta Osiyo mutafakkirlarining oilada axloq, odob, tarbiya haqidagi qarashlarini o’rganish;

  1. Oilada bola tarbiyasining psixologik – pedagogik tomonlarini yoritib berish;

  2. O’zbek oilasining tuzilishi va oilada shaxslararo munosabatlarni tahlil etish;

  3. Bolada axloqiy va madaniy malakalarni shakllantirishda oilaning rolini aniqlash.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 4ta reja, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, 29 sahifadan tashkil topgan.



  1. PEDAGOGIKA KONFLIKTLARNING KELIB CHIQISHI SABABLARI

Konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi xatti-harakatlarida shaxsga mansub bo’lgan millat, xalq xudud xususiyatlarida namayon bo’ladi.
Pedagogik konflikologiya vfanining yuzaga kelishining ruxiy madaniy asoslari bilan tanishi ya’ni pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilgisi, shu o’rinda turli pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilishi, shu o’rinda turli pedagogik ziddiyatlarni oldini olishi va bartaraf etish usullari haqidagi nazariy bilimlarni amaliyotda keng tadbiq etishlari talablar bilimlariga quiylgan asosiy talablardan biri sanaladi. Pedagogik konfliktologiya fanining kelib chiqish sabablaridan yana biri pedagogik madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun ziddiyatlarni, muammolarni oldini olishda o’qituvchi pedagogika qobiliyat va mahorat o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogk faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning qo’ydagi turlar mavjud bo’lmog’i lozim. Bilish-qobiliyati o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida kashfiyotlarni hamisha ko’zatib borishi kerakdir. Tushuntira olish qobiliyati- o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib etkazib bera olish muammoli ziddiyatli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib berish: kuzatuvchanlik qobiliyati-o’quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyoga kira olishi, o’quvchi shaxsini va uning vqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va individualxuchuchiyatlariga ham e’tibor berish lozim. Har bir guruh tinglovchilarini xarakteri, tempromentga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida konfliktlar yuzaga kelmaydi.
O’zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat.
Pedagogik vaziyat ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beradigan turli xil shart-sharoitlardir. Pedagogik vaziyatda shunday holatlarga duch kelishimiz mumkin. Ta’lim jarayoni olib borilayotgan ya’ni o’qituvchi ma’ruza o’tayotgan paytda tinglovchilarimiz tushunmagan narsalarni o’z vaqtida domlaning fikrini to’xtatib savolini beradi. Agar pedagog o’z fanini puxta egallagan bo’lsa, savolga javob berib, keyin ma’ruzani davom ettira oladi. Bunday pedagogik vaziyatda ayrim pedagoglarimiz fikrim bo’lindi deb tinglovchilarga tanbeh beradi. Bu vaziyatdan chiqishga qiynalib qoladilar. Ayrim gurug’larda iqtidorli talantli tinglovchilarimiz borki, ularning fikrlari juda keng turli hil mavzudagi savollarni o’rtacha tashlaydilar, bunday vaziyatda o’qituvchi nima qilishi kerak o’qituvchi biladi lekin tinglovchiga kengroq umumiyroq tushuntirma yana savol beraveradi. Bunday vaziyatda o’qituvchi darsni bahs munozara tarzda tashkil qilsa, guruh tinglovchilaridan yangi yangi fikrlarni eshitishi va so’ng umumiy xulosa qilib o’z fikrlarini bildirishi lozimdir. Pedagogik vaziyatlarda ham pedagogik konfliktlarni ko’rishimiz mumkin darsni bahs munozara shaklida qarama-qarshilik tafovut, mojoralarni oldini olishda tinglovchilar bir-biri bildirayotgan fikrlarini ba’zan umuman rad qilib tashlaydila. Pedagogik vaziyatda har tinglovchini ham fikrlarini qaysidir tomonlama to’g’riligini ta’kidlash pedagogni pedagogik vaziyatdagi yutug’idir.
Ijtimoiy muhitda sababiylik ko’p murakkablik va chalkashlik bilan xarakterlanadi. Har bir ijtimoiy harakat turli-tuman va aksariyat hollarda ziddiyatli hodisalarni keltirib chiqaradi. Konfliktlarning asl sabablarini aniqlash esa, hodisalar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning butun zanjirini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.
Turli konfliktlardagi taraflar hatti-harakatlari sabablarini tahlil etishda ularning odatda o’z manfaatlarini qondirishga bo’lgan intilishlaridan iborat ekanligini tushunish qiyin emas. Faraz, o’ch olish, hasadgo’ylik, ko’rolmaslik, nosamimiylik, araz, qabul qilingan qarordan qoniqmaslik, bugungi kunda yoki kelgusida o’zini moddiy jihatdan ta’minlashga bo’lgan intilish sud amaliyotida uchrab turadigan turmush konfliktlari sabablarining aksariyati hisoblanadi. Guruhiy konfliktlarning motivlari xam bulardan farqlansa-da, ular xam o’ziga xos xilma-xil, masalan, iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy ehtiroslar, rahbarlikka intilish, milliy g’urur va sh.k. Xalqaro maydonda davlatlar hatti-harakatlari motivlari ham shu kabi turlicha bo’lishi mumkin. Aslini olganda konfliktlar sabablari hozirgi hayotning butun murakkabligini aks ettirishga qodir. Aytish joizki, “Konflikt tahlili quyidagilar:
- vaziyat sabablari va tarixini, shuningdek, joriy hodisalarni tushunish;
- faqat asosiy yoki aniq ko’rinib turgan taraflarni emas, balki konfliktga jalb qilingan barcha ishtirokchi (guruh)larni aniqlash;
- barcha bu ishtirokchi(guruh)larning nuqtai nazarlari va ularning o’zaro munosabatlarini bilish;
- konflikt negizida yotgan omillar va tendentsiyalarni aniqlash;
- muvafaqqiyatsizliklar va yutuqlardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarish uchun zarurdir.
Konflikt tahlili bu bir martalik tadbir emas, u o’zgaruvchan omillar, dinamika va sharoitlarga harakatlarni moslashtirishga yordam qiluvchi doimiy jarayon bo’lib qolishi kerak.».
Biroq, individlar va ijtimoiy guruhlar hatti-harakatlarining (sabablari) motivlari konfliktlarning chuqur sabablari bo’la olmaydi, chunki bu motivlarni o’zi ham izoh talab etadi. Inson tashqi vaziyat o’zgarishlariga befarq bo’lmay, o’zgarib boradi; o’z navbatida psixologik omillar iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning borishiga ta’sir o’tkazadi. Ijtimoiy ong tafakkur, hissiyotlar, ehtiyojlar, motivlar, manfaatlar orqali namoyon bo’ladi, bundan esa, muayyan kishilarning fikrlari, mavqei, harakatlari, ehtiyojlari, xulq-atvori shakllanadi. Bunda aynan hissiy darajada qayd etiladigan va guruhlar, jamoalarning hatti-harakati, xulq-atvori, nuqtai nazari sifatida umumlashadigan ijtimoiy ongning individual ifodalanish turli shakllarida ma’naviy sohadagi ziddiyatlar oshkora va keskin ko’rinishda namoyon bo’ladi, borliq ziddiyatlari aks etadi.
Umuman keng ko’lamli konfliktli vaziyat jamiyatdagi ijtimoiy tarqoq jarayonlarning kechishi haqida, muayyan jamiyatning barqarorligini yoki hududiy yaxlitligini ta’minlovchi muhim ijtimoiy tuzilmalarning qisqa muddatli yoki uzoq davom etadigan ko’p yoki kam darajadagi, ba’zan esa tuzatib bo’linmaydigan dezintegratsiyasi haqida guvohlik beradi.
Hozirgi zamon jamiyatida konfliktlar oqibat natijada ob’ektiv mavjud ijtimoiy ziddiyatlarning tug’ilishi va namoyon bo’lishidan iborat.
Bunday nuqtai nazar markscha nazariyada keng ishlab chiqilgan. K.Marksning fikricha, jamiyat qotib qolgan emas, sinfiy kurash orqali u doimo o’zgaradi. Bunday jamiyat ishchi sinfi tomonidan o’zining qaramlik holatini anglab borgan sari ko’prok ziddiyatlashib boraveradi, toki ijtimoiy inqilob sodir bo’lib, ekspluatator sinfni qulatmaguncha. Bunday jarayon umumjahon xarakteriga ega va vaqti kelib sinfsiz jamiyatga olib kelishi muqarrar.
Ijtimoiy-tarixiy jarayonni bunday tushunish ba’zilar tomonidan jiddiy asoslantirilgan e’tirozlarga sabab bo’ladi. Marks ijodiy merosini o’rganuvchi ba’zi tadqiqotchilar shu narsaga e’tibor beradilarki, bu ma’nodagi sinfiy konfliktga uning turli xil hatti-harakat shakllarini nazariy tahlil etmasdan qaralgan. Ba’zi olimlar esa, uning ta’limotida sinflar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mutlaqlashtirishni ko’rganlar.
M.Veber esa konfliktlarning paydo bo’lishini faqat kambag’allik va boylik tafovutlariga bog’liq deb hisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga karab e’tibor, hurmatning turli darajada bo’lishi, bir xilda bo’lmagan obro’, mavqe, maqomli guruhlar tushunchasini kiritgan. Bunda Veber turli guruhlarning moddiy va g’oyaviy manfaatlari bilan diniy ong o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib o’tgan.
R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruhlar deb hisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat xarakteri bilan belgilanadi. Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balki boshliqlar va bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh sabablari kishilarning bir-birlari ustidan xukmronligi, hokimiyatga esa bo’lishlaridir. Konflikt uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirkorlar hokimiyatining o’rnatilishi emas, konflikt boshqaruvchilar va bo’ysunuvchilar mavjud bo’lgan har qanday tashkilotda paydo bo’lishi mumkin (kasalxonada, harbiy qismda, universitetda va h.). Darendorf o’zining «Industrial jamiyatda ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» nomli mashhur asarida ob’ektiv «yashirin» va anglashilgan «oshkora» manfaatlarning mavjudligi haqidagi xulosani chiqarish uchun Marksning ko’p nazariy xulosalaridan foydalangan. Sinflar, uning fikricha, qachonki «yashirin» manfaatlar «oshkora» manfaatlarga aylanganda vujudga keladilar.
Hozirgi zamon olimlaridan Per Burde esa hozirgi konfliktlarning rivojlanish xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar to’g’risidagi markscha nazariyaning kamchiligi ob’ektiv mavjud tafovutlar majmuini e’tiborga olmaslik, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan cheklash natijasidir.
K.Boulding, L.Kraysberg, M.Krozelar fikricha, konfliktning o’zi turli xil maqsadlarga intiluvchi guruhlarning qarshi kurashidan iborat. K.Bouldingning ta’kidlashicha, hamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning umumiy me’yorlariga ega bo’ladi, bu elementlarni o’rganish konflikt hodisasini uning istalgan ko’rinishida o’rganish, tasavvur qilishga imkon beradi.
Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik ijtimoiy uyushmalar o’zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko’rib chiqish doirasida shakllanganligini ko’rishimiz mumkin.




  1. Download 134 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling