Pedagogika” kafedrasi “Pedagogik konfliktlarni boshqarish texnologiyasi” mavzusidagi kurs ishi bajardi
KONFLIKTLARNI BOSHQARISH XUSUSIYATLARI
Download 134 Kb.
|
Pedagogik konfliktlarni boshqarish texnologiyasi
4.KONFLIKTLARNI BOSHQARISH XUSUSIYATLARI
Konfliktologiya fani konfliktlarning tabiatini, ularning vujudga kelish sabablarini va rivojlanish dinamikasini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Zamonaviy konfliktologiyaning asosiy jihati turli xildagi konfliktlarning yuzaga kelishi va yechish usullariga qaratilgan. Konfliktologiya ilm sohasi sifatida konfliktlarning yuzaga kelish qonuniyatlari va mexanizmlarini, konfliktli vaziyatlarni yechish usullarini, shuningdek konfliktlarni boshqarish texnologiyalarini o‘rganadi. Konfliktlarni boshqarishdagi ijtimoy texnologiyalar.Konfliktlarni boshqarishdagi ijtimoiy texnologiyalar o’z ichiga metodlar jamlanmasini oladi, turli hildagi konfliktlarning kelib chiqishi va ularning tahlil qilishdagi usul va vositalar, konfliktga kirishayotgan tomonlarning qiziqish va maqsadlari, imkoniyatlari, ularga konflikdagi qarama-qarshilikning uzluksizligini pasaytirish maqsadida ta’sir ko’rsatish masshtabi va chegarasi, uni konforntatsion bosqichdan nokonfortatsion bosqichga o’tkazish, kelishuvni amalga oshirish variantlarni izlash, konfliktga kirishgan tomonlarni kompromissga undash, ularni opponentlardan hamkorlarga aylantirish. Bunday texnologiyalar kelishuvlar, o’zaro bir-biriga sabr bilan munosabatlarda bo’lish kelishuviga erishish, konfliktdan konstruktiv munosabatga o’tish, majburiyatlardan foydalanish, uchinchi ( neytral ) tomon bilan vositachilik qilish, ijobiy harakatlarga undash, konfliktning sababchisini ijtimoiy-psixoligik izolyatsiya qilish. Konfliktni ijobiy hal etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish kerak, ularga quyidagilar kiradi : 1) konfliktli munosabatlar motivatsiyalarining manbasi, uning sabalarining strukturaviy-funksional va determinatsion diagnostikasi; 2) konfliktga kirishayotgan tomonlarning kutilayotgan bo’lishi mumkin harakatlari, maqsadlari, qiziqishlari, ijtimoiy pozitsiyalarining situatsion va pozitsion tahlili; 3)konfliktdagi qarama-qarshilikning asosiy elementlarini belgilash: uning mohiyati, tuzilishi, maqsadi va qarama-qarshi tomonlarning emotsional-kognitiv holatini obyektiv baholash; 4) konflikt tugashi mumkin bo’lgan natijalar modelini tuzish – qarama-qarshi tomonlardan birini g’azabdan tushirish, raqiblarni bir-biridan ajratish, kompromissga erishish ; 5) tomonlarning shakllangan munosabatiga va uning belgilangan xususiyatiga mos keladigan konfliktni bartaraf etadigan metodikalardan foydalanish. Download 134 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling