«pedagogika» kafedrasi pedagogik mahorat fanidan 2-kurs talabalari uchun


-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi


Download 0.72 Mb.
bet101/129
Sana17.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1550541
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129
Bog'liq
OMK UZB

3-Mavzu: O’qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi
Reja:

    1. O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi.

    2. Pedagogik muloqotda muomala madaniyati.

    3. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri.



Adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2016 йил якунлари ва 2017 йил истиқболларига бағишланган мажлисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти нутқи. // Халқ сўзи газетаси, 2017.16 январ, №11
2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олийжаноб халқимиз билан бирга қурамиз. “Ўзбекистон”, 2017.
3. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони. Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами, 2017йил, 6-сон,70-модда.
4. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”,
2017.
5. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008.
6. Азизхўжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. – Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009.
Xoliqov A. Pedagogik mahorat. – T.: IQTISOD-MOLIYA, 2011.
Hikmatnoma. //To‘plovchi N.Eshonqulov. Toshkent: Cho‘lpon, 1992.
Blits-so’rov savollari

  1. Muloqot nima?

  2. Kommunikatsiya deganda nimani tushunasiz?

  3. Ijtimoiy pertsepsiya nima?

  4. Interaktsiya nima?

O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatining shakllanishi


O‘qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Respublikamizda o‘qituvchilik kasbining o‘ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo‘llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o‘tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to‘g‘ri tanlangan, o‘qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
birinchidan, muloqotda har bir o‘quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o‘qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi;
ikkinchidan, har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga “kirib borish”ga yo‘l ochadi;
uchinchidan, pedagogik muloqotda o‘qituvchining ma’naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo‘lib, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqish hissini va xotirjamligini ta’minlaydi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling