Pedagogika kafedrasi


II. MAXSUS FANLARNI O‘QITISHNING XUSUSIY METODIKASI


Download 1.01 Mb.
bet33/142
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#198121
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142
Bog'liq
2 5469884917267564634

II. MAXSUS FANLARNI O‘QITISHNING XUSUSIY METODIKASI.
4-MAVZU: MAXSUS FANLARNI O’QITISHNING SHAKL, METOD VA VOSITALARI.

Режа:

  1. O’qitish metodlari va vositalari tushunchalari.

  2. Ma’ruza va uning o‘ziga xosliklari.

  3. Seminar va uning o‘ziga xosliklari.

  4. Amaliy mashg‘ulotlar.


Tayanch so’zlar: ma’ruza, seminar, amaliy mashg’ulot, yakka mashg’ulot, mustaqil ta’lim, mustaqil ish, kur ishi, bitiruv malakaviy ish.

O’qitish metodlari va usullari tushunchalari. O’qitish metodi tushunchasi anchagina murakkabdir. Shu bois metodikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik mualliflar ta’lim metodini talabalarning o‘quv- bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga moyildir.

Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.



Metod so‘zi grekcha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod – eng umumiy ma’noda – maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tar-tibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan talabalarning faol o‘quv-bilish faoliyati uyg‘unla-shadi. Bundan xulosa qilish mumkinki: ta’lim metodlari deyilganda, o‘r-ganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va talabalar o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari tushunilishi lozim.

Metodikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni, Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi. Usullar yordamida fa-qat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va ak-sincha xuddi shu metod turli o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.




Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling