Klasterni tuzish qoidasi:
1. Aqlingizga nima kelsa, barchasini yozing. G’oyalari sifatini muhokama qilmang faqat ularni yozing.
2. Xatni to’xtatadigan imlo xatolariga va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozishni to’xtatmang. Agarda aqlingizda g’oyalar kelishi birdan to’xtasa, u holda qachonki yangi g’oyalar kelmaguncha qog’ozga rasm chizib turing.
Erkin yozish metodi. Talabalarga besh daqiqa ichida “Aktyor kim?” mavzusi bo’yicha o’z xayollariga kelgan barcha narsalarni to’xtamasdan yozishni taklif qilish mumkin. Besh daqiqa tugaganida (eslatma, besh daqiqa tugadi deb e’lon qiling va ishni tugallash uchun yana bir daqiqa vaqt bering, zero qiziqarli fikrlar odatda tang vaziyatlarda tug’iladi) ularga o’z yozganlarini sheriklariga o’qib berishini taklif etish mumkin.
Mazkur bosqichda o’qituvchining ixtiyorida ko’p imkoniyatlar bo’ladi. Masalan, juftliklarga o’z fikrlarini butun guruh bilan o’rtoqlashishni taklif etish va guruhiy-aqliy hujum vaziyatini yaratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |