Pedagogika kafedrasi


Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar


Download 1.01 Mb.
bet102/142
Sana02.01.2022
Hajmi1.01 Mb.
#198121
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142
Bog'liq
2 5469884917267564634

Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar: “Blits-so‘rov”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tavsiyanoma” va “Test” texnologiyalari.

Adabiyotlar: A1; A3; A5; A6; A11; A12; Q4; Q8.
16-mavzu. Maxsus fanlarni o’qitish natijalarini mustahkamlashda mustaqil ta’limning tutgan o’rni.

Maxsus fanlarni o’qitish natijalarini mustahkamlashda mustaqil ta’limning tutgan o’rni. Maxsus fanlarni o’qitish jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish shakllari va o’tkazish metodikasi. Tyutorlik faoliyati.



Ta’limda qo‘llaniladigan texnologiyalar: “Blits-so‘rov”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tavsiyanoma” va “Test” texnologiyalari.

Adabiyotlar: A1; A3; A5; A6; A11; A12; Q4; Q8.
17-mavzu: Maxsus fanlardan kurs ishlari mazmuni, uni tayyorlash va rasmiylashtirishga qo’yiladigan didaktik talablar

Maxsus fanlardan kurs ishlari mazmuni, uni tayyorlash va rasmiylashtirishga qo’yiladigan didaktik talablar. Maxsus fanlardan kurs ishi, kurs ishiga ilmiy rahbarlikni tashkil etish va kurs ishlarini tayyorlash metodikasi. Kurs ishini bajarish va himoya qilish tartiblari. Kurs ishini yozishdan maqsad talabalarning egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini chuqurlashtirish, boyitish hamda ularda tahlil etish, izlanishga doir ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishga erishishdir.

Kurs ishini yozishda quyidagi tartibga asoslaniladi:

1) kafedra mudirining taqsimoti asosida mavzuni va ilmiy rahbarni aniqlash;

2) ilmiy rahbar bilan uchrashish va mavzu yuzasidan maslahat olish;

3) ilmiy rahbar ko‘rsatmasiga asosan adabiyotlarni o‘rganib chiqish va tahlil etish;

4) o‘rganilgan adabiyotlar asosida kurs ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar tasdig‘idan o‘tkazish;

5) rejaning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, o‘rganilish darajasi, ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalar, amaliy ahamiyati, ishning tuzilishi ko‘rsatib beriladi;

6) reja masalalarini ketma-ketlikda bayon etiladi va har bir masaladan so‘ng qisqa xulosa beriladi;

7) reja masalalarini bayon etayotganda adabiyotlardan foydalanishda belgilangan tartibda snoska keltiriladi;

8) rejadagi barcha masalalar bayon etib bo‘lingach, umumiy xulosa qilinadi;

9) agar ilova qilinadigan illyustratsiyalar mavjud bo‘lsa, xulosadan so‘ng beriladi;

10) kurs ishining umumiy hajmi 30 betni tashkil etishi kerak (kompyuterda yozilgan xolatda);

11) kurs ishining adabiyotlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi shart;

12) kurs ishi to‘liq tugatilgandan so‘ng, kurs ishi topshiruvchi va ilmiy rahbari titul varag‘iga imzolarni qo‘yib, kafedraga taqdim etishadi;

13) kurs ishi himoyasi belgilangan tartibda o‘tkaziladi va himoya o‘tkazilishidan bir hafta oldin e’lon qilinadi;

14) kurs ishi yozilayotgan o‘quv fanidan YaN olingunga qadar topshirilishi kerak.


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling