O’qituvchining yechimi
Har bir shaxs ijtimoiy, xususan, mikromuhitda shakllanadi va rivojlanadi. Bolalar o’z tengdoshlari bilan muloqot qilish, o’qish, o’ynash, bellashish, bahslashish extiyojiga ega. Ular tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatlarda o’zidagi kamchilik va nuqsonlarni sezadi, ularni bartaraf etish haqida o’ylab ko’radi. Tengdoshlarining ta’siri bilan mehnatga munosabatlari shakllanadi. O’smirlar esa deyarli barcha hayotiy vaziyatlarda tengdoshlaridan namuna olishga intilishadi. O’zlari mansub bo’lgan muhitda lider bo’lishga harakat qiladi. SHu sababli Halimaning oyisi nohaq.
Oyisi Halimani uy-ruzg’or ishiga haqorat qilmagan holda undashi zarur edi. Eng to’g’ri yo’l Halimaga ko’chaga chiqishi uchun ruxsat berish, biroq, uzoq qolib ketmasligini eslatib qo’yish, u qaytib kelganidan keyin esa o’rtoqlari kimlar ekanligini, vaqtini tengdoshlari bilan bo’ladigan munosabatlarga ham sarflashi mumkinligini, ammo, ko’proq vaqtini tejashga e’tibor qaratishi zarurligini tushuntirishi lozim.
Topshiriq: mavzuga oid 3 ta keys tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |