Amaliy mashg‘ulotlar. Amaliy mashg‘ulot o‘quv ishini tashkil etishning asosiy shakllaridan biri bo‘lib, eksperimental tavsifdagi mustaqil topshiriqlarni talabalarning professor-o‘qituvchi bilan birgalikda bajarishini o‘zida aks ettiradi.
Amaliy mashg‘ulotining bosh maqsadi – biror bir fanga doir nazariy qoidalarni amaliy jihatlarini ochib berish; talabalarning o‘rganilayotgan qonuniyatlarni o‘ziga xosliklari va namoyon bo‘lish shakllarini chuqur tushunishlarini ta’minlash; bo‘lajak mutaxassislarda o‘rganilayotgan ob’ekt bilan amaliy muloqotga kirishish ko‘nikmasini shakllantirishdir. Laboratoriya (amaliy) mashg‘ulotlar talabalarning ilmiy dunyoqarashini shaklantirishda muhim rol o‘ynaydi.
1-ILOVA
Do'stlaringiz bilan baham: |