Pedagogika kafedrasi
Seminar turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Download 1.01 Mb.
|
2 5469884917267564634
Seminar turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Seminar mashg‘ulotlari ta’lim beruvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni dars mashg‘ulotidagi ta’lim oluvchilar bilan muhokama qilish yo‘li bilan olib boriladi. Ta’lim oluvchilar berilgan reja, dastur va tavsiyalar asosida seminar mashg‘ulotlariga oldindan tayyorlanadi. Unda ta’lim oluvchilar mos adabiyotlarni o‘rganadilar, material yig‘adilar, turli kuzatishlar o‘tkazadilar, o‘z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar. Seminar mashg‘uloti ta’lim beruvchi rahbarligida o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi ta’lim oluvchilar faoliyatini mashg‘ulot maqsadiga yo‘naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani xulosalaydi. Zarur qo‘shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Seminar darsida faol qatnashgan ta’lim oluvchilar baholanib boriladi. Seminar mashg‘uloti ta’lim oluvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga va fikrlashga o‘rgatish, darsni faollashtirish hamda ta’lim oluvchilar aqliy qobiliyatlarini o‘stirishda muhim o‘rin tutadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling