O’qitishning texnik vositalari. O’TV – bu o‘zida o‘quv-axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi asbob va moslamalardir. Ularga:
1. O‘quv kinofilmlari.
2. Diafilmlar.
3. Kompyuterlar.
4. Magnitofon tasmalari.
5. Radioeshittirish.
6. Teleko‘rsatuvlar kiradi.
Ta’limning texnik vositalari
O’TVlarini kuyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
axborot;
aralash(kombinatsion);
trenajyor;
bilimlarni nazorat qilish vositalari;
audiovizual vositalar.
O’TVning funksiyalari:
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
talabalarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
talabalarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
dunyoqarashni, ishonchni, talabalarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
o‘quv ishiga nisbatan talabalarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |