Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida ta’lim-tarbiya masalalari


Download 1.06 Mb.
bet135/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

22.7. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida ta’lim-tarbiya masalalari
Xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvorga oid xislatlari XI asrda yashab ijod etgan ulug‘ olim, mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida keng bayon etilgan. Ushbu asarlarda qadimgi turkiy xalqlar tili tarkibiga kirgan so‘zlarning arabcha izohli tarjimasi berilgan. Bu kitobni qadimiy turkiy tilning izohli lug‘ati deyish mumkin.
«Devon»dagi qo‘Shiqlarda tabiat manzaralari, ov va jang tasvirlari, sevgi-muhabat tuyg‘ulari, o‘git-nasihatlar o‘z ifodasini topgan. She’rlarda ilm olishning qadri, bilimli, donishmand kishilarni hurmat qilish, mehmondo‘stlik, xushxulqlik, mardlik, jasurlikni targ‘ib etuvchi, o‘z manfaatini ko‘zlagan molparast, baxil, ochko‘z, do‘stiga va xalqiga xiyonat kabi salbiy tomonlarini qoralaydigan she’rlar ko‘p uchraydi. Bunday She’rlar turkiy xalqlar qadim-qadimlardan boshlab inson Shaxsini shakllantirishda ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berganligini ko‘rsatadi. Ayniqsa, pand-nasihatlarda asosiy o‘rinni ilm olishga undash, uning foydalari, ilm ahlini hurmat qilish to‘g‘risidagi fikrlar egallaydi. Yoshlarni ilmli kishilarga yaqinlashish, ulardan o‘gitlar olishni maslahat beraladi.
«Devonu lug‘atit turk» asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda ham qo‘Shiqlardagi kabi do‘stlik va hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olishga va kasb-hunar egallashga undash, vatanparvarlik va qon-qarindoshlik tuyg‘usi tejamkorlikning ahamiyati, isrofgarlikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, xulq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o‘gitlar talqin etiladi.
Demak, kishilarni mukammallashtirishga xizmat qiladigan «Devonu lug‘atit turk» asaridagi she’riy parchalar, maqollar ezgulikni targ‘ib qilgan, insonning kamolga etishiga katta ta’sir etgan. Ushbu jihatlari bilan Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asari bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling