Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Sharq Uyg‘onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji


Download 1.06 Mb.
bet133/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

22.6. Sharq Uyg‘onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar rivoji
Bu davr madaniy yuksalishi haqida gap borar ekan, ma’naviyatga, Uyg‘onish davri madaniyatiga xos quyidagi xarakterli tomonlarni qayd etib o‘tish mumkin:
- koinotning vujudga kelishi, bosqichlari, olamning tuzilishi, moda va ruhning xususiyatlari kabi umumiy ilmiy-falsafiy masalalarga qiziqish, ilm-fan ma’rifat, ma’naviyatga intilish ijtimoiy rivojlanishning muhim mezoniga aylanishi;
- insonni koinotni yaratuvchining eng oliy mahsuli deb baholash. Avvalo ilm, inson ahli tafakkurini ulug‘lash, unga ishonch bildirish, targ‘ib-tashviq etish, ularni yaratuvchining eng ulug‘ va yuksak ijodi deb baholash, ma’rifat tarqatish, jamiyat, jamoani yaxshilikka eltish insonning muhim vazifasi deb ilish;
- axloq, odob, muomalani inson tarbiyasining asosiy maqsadlaridan deb bilish. Insonning adolat, yuksalish, ma’naviyatga intilishiga yo‘l ochish, imkoniya yaratish. Aqlda, axloqda, ma’naviyatda etuk bo‘lish, komil insonni yaratish, insonparvarlik, vatanga, odamlarga xizmat qilish, insonlar orasidagi do‘stlik, o‘zaro yordam, ko‘aklashuvga chaqirish bu davr madaniyatining etakchi jihatlaridandir;
- komil inson rivojlangan davlatchilikda Shakllanadi. Bunday davlatchilik esa aql va ilmga, zaro kelishuv, birlikka ega bo‘lish natijasida amalga oshiriladi. Mustahkam davlatchilik turli ilm-fan tarmoqlarining rivojini ta’minlaydi;
- mustahkam davlatchilik fozil jamoani vujudga keltira oladi, bu davlat, jamoaga rahbarlik, hokimlik qilayotgan Shaxsning ma’naviyatli, ilmli, axloqli bo‘lishi, jamoani yaratish, davlatchilikni mustahkamlash bu davr ijtimoiy ta’minotining muhim xislatlaridir.
Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan rivojlanishi uch yo‘nalishda bo‘ldi.


Birinchi yo‘nalish – matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot, farmakologiya va boshqa Shularga turdosh fanlar kiritilib, Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn Sino, Jurjoniy tibbiyot va falsafa, Abu Rayhon Beruniy tibbiyotga oid yirik asarlar yaratdilar.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling