Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet161/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Muhammad Qori abdurashidxonov (1872-1931) toshkent Shahrida ziyoli oilasida tug‘ilgan. Onasi otin oyi edi. Oiladagi ilmga chanqoqlik muhiti o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Abdurashidxonov 1901 yili birinchi jadid maktabini ochishga muvaffat bo‘ldi. Yangi maktablar uchun tovush usulida «Adibi avval»(1907), «Adibi soniy» darsliklarini yozdi. 1906 yili Ismoil Obid muharrirligida «Taraqqiy» gazetasini tashkil qildi. Darsliklari qayta-qayta nashr yuzini ko‘rdi.


Abdurauf Abdurahim o‘g‘li Fitrat (1886-1938) Buxoroda tug‘ilgan. Dastlab maktabda, so‘ngra Mirarab madrasasida o‘qidi. U adabiyot, tarix, falsafani chuqur o‘rgandi. 1909 yili «Jamiyat xayriya» ko‘magida Turkiyaga o‘qitishga borib, 4 yil davomida ilm-fan cho‘qqilarini egallashga erishdi. U erda «Munozara» va «Hind sayyohi qissasi» asarlarini yozdi. Bunda Buxorodagi o‘quv-o‘qituv ishlari, ularni tubdan o‘zgartirish masalalariga e’tibor berilgan. «Rahbari najot» (1913), «Oila» (1916) asarlari. «O‘quv» (1917) darsligini yozdi. 1922-23 yillarda Buxoro xalq maorifi noziri bo‘lib, chet ellarga o‘qishga talaba va o‘quvchilar yuborishga rahbarlik qildi. 1923-24 yillarda Moskva va Leningrad (Peterburg)da yashab ijod qildi, professor unvonini oldi. Keyin qator oliy o‘quv yurtlari, tadqiqot institutlari pedagogik va ilmiy faoliyat bilan Shug‘ullandi.

Abdulla Avloniy (1878-1934) toshkentda hunarmand oilasida dunyoga keldi. Maktabda, so‘ngra Abdumalikboy madrasasida o‘qidi. Yoshligidan She’rlar yozdi. 1904 yili Mirobodda yangi usuldagi maktab ochdi. 1907 yili uning muharrirligida «shahrat» gazetasi chiqa boshladi. 1909 yili «Jamiyati xayriya» tashkil qilib, bolalar o‘qishi uchun sarmoyadorlik orqali maktablarga tarqatdi. Mavloniy maktabining dovrug‘i keng tarqaldi, chor hukumati talabi bilan o‘lka mamuriyati maktabni 1908 yil yopdi.
Shundan so‘ng, 1909 yili Avloniy Degrez mahallasida maktab ochdi. Darsliklar yozishga kirishdi. 1909-1917 yillarda uning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guluston yohud axloq», «Maktab gulustoni», «Adabiyot yohud milliy She’rlar» to‘plamlari nashr etildi. 1917 yildan so‘ng ham turli o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida pedagogik faoliyat bilan Shug‘ullandi. «Mehnat qahramoni» unvoni, «O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori» nomiga sazovor bo‘ldi.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi:
1. «Tarbiyaning zamoni».
2. «Badan tarbiyasi».
3. «Fikr tarbiyasi».
4. «Axloq tarbiyasi» va bu haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi.
«Tarbiyaning zamoni» bo‘limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta’kidlaydi.
«Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» deb uqtiradi Avloniy.
Tarbiya xususiy ish emas, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq, deb hisoblaydi, adib.
Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umirining oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdan – uy, bog‘cha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan tashkil topgan. Abdulla Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab qo‘ymaydi, u birinchi navbatda bolaning sog‘ligi haqida g‘amxo‘rlik qilish lozimligini uqtiradi.
Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘qutmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdur».
Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiya uzviy bog‘liq ekanini ham ta’kidlaydi: «Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur» - deydi.
Abdulla Avloniy «Usuli jadid» maktablari uchun to‘rt qismdan iborat «Adabiyot yohud milliy She’rlar» hamda «Birinchi muallim» (1912), «Turkiy guliston yohud axloq» (1913), «Ikkinchi muallim» (1915), «Maktab gulistoni» (1917) kabi darslik va o‘qish kitoblari yaratdi. Bu asarlari hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug‘lab, o‘z xalqini ilmli, madaniyatli bo‘lishga chaqiradi.
Asrimiz boshlarida yangi maktablar uchun yozilgan alifbelar anchagina edi. Shular orasida Avloniyning «Birinchi muallim»i ham o‘ziga xos o‘ringa ega. «Birinchi muallim» 1917 yil to‘ntarishgi qadar bir 4 marta nashr etilgan. Avloniy uni yozishda mavjud darsliklarga, birinchi navbatda Saidrasul Aziziyning «Ustodi avval»iga suyanadi (dars berish jarayonida orttirgan tajribalaridan samarali foydalanadi).
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Uning «Birinchi muallim»ini alifbe, «Ikkinchi muallim»ini – xrestomatiya deb Shartli ravishda atash mumkin. Kitoblarda tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. «Birinchi muallim»ga «Maktab», «Baxtli va baxtsiz bola», «yaxshilik erda qolmas», «Qanoat», «Ittifoq» kabi hikoya va She’rlar kirgan, ularni oxirida tarbiyaviy ahamiyatga molik mushohada yuritilgan. Darsliklarga xalq og‘zaki ijodi namunalari, zamon ruhi bilan sug‘rilgan va o‘quvchilarga moslashtirilgan hikoya, rivoyatlar kiritilgan.
«Ikkinchi mualim»ga «Saxiylik», «Baxtlilik», «Aqlli bola», «Kampir ila cho‘l yalpizi», «Tama’ bolasi» kabi hikoyalar kiritilib, ularda xushfe’llik, aql va donishmandik Sharaflanadi, qo‘pollik, badnafslik baxillik hajvga olingan.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling