Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi


Download 1.06 Mb.
bet191/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

31.2. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi
Istiqlol tufayli jahonga yuz ochgan o’zbekiston Respublikasi uchun bugun dunyodagi taraqqiy etgan xorijiy davlatlar ta’lim tajribasini o’rganish va bizga ma’qullaridan foydalanish imkoniyatlari g’oyat keng bo’lib, bu borada amlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli ishlar diqqatga sazovordir.
Quyida rivojlangan xorijiy davlatlar ta’limi tizimi taraqqiyotining asosiy yo’nalishlari va o’ziga xos xususiyatlari, ular tajribalari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berishga harakat qilamiz.
31.3. Amerika Qo’shma Shtatlarida ta’lim tizimlari
Mamlakat ta’lim tizimining tuzilishi quyidagicha:
— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;
— 1-8-sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda bolalar 6 yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar);
— 9-12-sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.
Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda universitetlarda amalga oshiriladi.
So’nggi bosqich, universitetlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir.
Aqshda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlarida davlat jamoa, xususiy tasarruflarda va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin. Shunisi diqqatga sazovorki, aqsh maktablarining bitiruvchi sinf o’quvchilaridan tashqari barcha o’quvchilar ta’tillar paytida asosan ish bilai band bo’ladilar. Aqsh maktablarida o’quv yili 180 kun. Bir soat dars 45-50 minut.
Amerika konstitutsiyasiga muvofiq ta’lim tizimi tasarrufidagi Shtatlar boshqaruv muassasalari ixtiyoridadir. 1979 yilgacha ta’limni mablag’ bilan ta’minlash, ta’limda davlat siyosatini amalga oshirish, o’quv yurtlarida faoliyatini muvofiqlashtirib borishni Sog’liqni saqlash, Ijtimoiy ta’minot va ta’lim ishlari vazirligi olib borar edi. 1979 yilda Ta’lim vazirligi mustaqil bo’lib ajralib chiqdi.
Ta’lim tizimlariga mablag’ ajratish bo’yicha aqsh dunyo mamlakatlari o’rtasida etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Aqsh ta’lim tizimining rivojlanish sur’ati ancha yuqori bo’lib, uning boshlang’ich ta’lim bosqichida o’qishi lozim bo’lgan bolalarning 99,9 foizi, o’rta bo’g’ini 94,5 foizi ta’lim oladi. O’quvchilar umumiy sonining 46 foizi o’rta maktabni tamomlagach, kollej va universitetlarga kiradilar. Barcha toifadagi ta’lim maskanlarida 58 million yosh, Shu jumladan, ta’limning oliy bosqichida 12 million yigitqiz tahsil oladi. Aqshda har 10 ming aholiga 307 talaba to’g’ri keladi. Bu jahonda yuksak ko’rsatkichlardan biridir.
Bulardan tashqari aqshda har yili 33 million kishi uzluksizta’lim va malaka oshirish tizimlarida bilim oladilar. Mamlakatda million o’qituvchi mehnat qiladi. Har yili o’rta maktabni 3 million o’quvchi, bakalavr darajasidagi oliy ta’lim bosqichini 932 ming kishi, magistr darajasida esa 300 ming kishi tugallaydi, yiliga 30 ming kishi doktorlik ilmiy darajasini oladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling