Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet9/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.


  • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.


  • Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.


  • Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va o‘qitish bilan bog‘liq muammolarni o‘rganadi.

    O‘z navbatida korreksion pedagogika tarkibiga maxsus pedagogika va psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir:

    Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.


      1. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.


      2. Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.


      3. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlari bo‘lgan bolalar (ko‘r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o‘qitish va tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.




    1. Metodika – xususiy fanlarni o‘qitish xususiyatlarini o‘rganadi.


    2. Pedagogika tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda etakchi o‘rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o‘rganadi.



    3. Download 1.06 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   218




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling