Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


XX-BOB. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR


Download 1.06 Mb.
bet119/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

XX-BOB. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR

20.1. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar taraqqiyoti
Eng qadimgi davrlarda ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni biz xalq og‘zaki ijodi namunalari – afsonalar, qahramonlik eposlari, qo‘shiqlar, maqol va iboralarda ham ko‘ramiz. Chunki xalq donishmandligining ko‘zgusi bo‘lgan xalq og‘zaki ijodida xalq pedagogikasiga xos bo‘lgan tarbiya tajribalari umumlashgandir.
Ayniqsa, ibtidoiy kishilarning tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlari, odatlari, munosabatlari xalq og‘zaki ijodining eng qadimgi janrlaridan sanalgan afsonalarda ifodalangan. Afsonalar qahramonlari yaxshilik uchun yomonlik bilan, nur uchun zulmat bilan kurash olimb boradilar, yaxshilik va baxt-saodat o‘lkalarini yaratadilar. Ular eng qadimgi yodgorliklar «Avesto», Firdavsiyning «shoxnoma» asari orqali bizgacha etib kelgan namunalardir.
Miflar asosida yaratilgan afsonalar qahramonlik eposlari uchun zamin tayyorladi. Bu qahramonlik eposlarida vatan va erkinlikka bo‘lgan muhabbat, o‘z yurt iva jonajon qabilasi uchun jonini fido etish, Shon-Sharaf, or-nomus uchun kurash tuyg‘ulari ifodalanadi.
Bizgacha etib kelgan epik rivoyatlarda ajdodlarimizning vatanparvarlik kurashi o‘z ifodasini topgan. Vatanini, xalqini sevish, or-nomus va do‘stlarga, safdoshlariga sadoqat kabi insoniy tuyg‘ular, burch hissi, vatani va xalqi uchun o‘z jonini qurbon etish, har qanday mashaqqatlarga bardosh berish – ularning asosiy xislatlaridir.
Jasurlik, kuchlilik, mardlik - qadimiy kishilarda tarkib topishi zarur bo‘lgan fazilat sanalgan.
Ayniqsa, tarixiy Shaxslar bilan bog‘liq rivoyatlar buning dalilidir. Chunki ularda muayyan Shaxs faoliyati, donishmandligi, qahramonliklari, tarixiy Shaxs ega bo‘lgan axloqiy fazilatlar: nazokat, aql-idrok, vafo va muhabbat, sadoqat, adolat, odamiylik kabilar ulug‘langan.
VI-VII asrlarda O‘rta Osiyoning shimoliy tomonida Turk hoqonligi vujudga kelib, Erondagi somoniylar bilan uzoq vaqt kurash olib bordi. Uning ta’siri O‘rta Osiyo xalqlariga nisbatan kuchaya bordi. O‘lkada qadimgi turk tili keng yoyildi.
Qadimgi davr kishilar ma’naviyati, jumladan, axloqi, qadimiy urf-odatlari, an’analari, ma’rifati, ta’lim-tarbiyasi haqidagi fikrlar xalq og‘zaki ijodida, masalan, Go‘ro‘g‘li, Alpomish haqidagi yaratilgan dostonlarda o‘z ifodasini topdi. Bu an’analar qadimgi so‘g‘d, manixey, Xorazm, turk yozuvlari namunalarida ham ifodalandi.
«Alpomish» dostonida xalqimizning qahramonona o‘tmishi – urug‘chilikning emirilishi, chorvadorlar hayotida davlatchilikning paydo bo‘lishi davridagi munosabatlari, ijtimoiy-siyosiy hayoti, udumlari, axloq-odobi, qardoshlik tuyg‘ulari, kurashi, o‘y-fikrlari, orzu-havaslari yorqin ifodalangan.
«Alpomish» dostoni turkiy xalqlar o‘rtasida keng tarqalgan va sevib o‘qiladigan asarlardan biri bo‘lib qoldi. Bu doston qahramonlik, do‘stlik va birodarlik, vafodorlik hamda sadoqat haqidagi xalqning bir umrlik orzu umidlarini ifodalaganasar sifatida qimmatlidir.
Alpomishning qahramonligi zakot talab qilib kelgan akasi Boybo‘ridan arazlab, kashal eliga ko‘chibyu ketgan Boysari oilasi ustiga bostirib kelgan qalmoq Shohi Toychaxon lashkariga qarshi kurashda va ularni tor-mor qilishida yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan:
Qaramay baland pastida,
Ot qo‘ydi qalmoq ustiga…
Yolg‘iz bo‘p unda yuradi,
Ko‘p qalmoqni o‘ldiradi,
Qilich-nayza sop ko‘radi.
Bu alpga ta’sir qilmadi,
Qalmoq aytgani bo‘lmadi,
Qalmoqlar fikr o‘yladi…
«Tig‘i olmos bunga botmas,
Urush qilgan omon ketmas,
Bu o‘zbek qanday jodugar,
YO bu kashmirmi, hiylagar?
Hech kim bo‘lmadi barobar,
Ursang botmaydi yaroqlar»…
Endi qolgan qalmoqlar
Qochmoqni ixtiyor qildi…1
Alpomishning adolatparvarligi qalmoqshoh lashkariga qarshi kurashda, oddiy odamlarga xayrixohligi da ko‘rinadi. Alpomish qalmoq yurtiga bosqinchilik maqsadida emas, balki qalmoqshoh tomonidan mol-mulki talangan, xizmatkor qilingan Boysarini Boysunga olib kelishi uchun boradi.
Eposlarda Xotin-qizlarning fidoiyligi, jasorati, aql-idroki, erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko‘rsatganliklari ayniqsa yorqin ifodalangan.
Tarixdan ma’lumki, dastlab Amudaryo asosiy tarmog‘i Uzbey orqali Kasbiy dengiziga quyilgan. Uning o‘ng qirg‘og‘idagi erlar Turon, chap qirg‘og‘idagi erlar esa Eron deb yuritilgan. Eramizdan oldingi ahamoniylar saklar vamassagetlar qabilalariga ketma-ket hujum qilib turgan. Ana shu tarixiy voqealar sak va massagetlarning eposlarida o‘z ifodasini topgan.
Eron shohi Kir ko‘chmanchi sak, massaget qabilalariga qarshi urishib mag‘lubiyatga uchraydi va 529 yilda halok bo‘ladi. Tarixchilar sak va massagetlar Kir va uning qo‘Shinlarini avval o‘z hududlarining ancha ichkarisiga bostirib kirishiga imkon berib, keyin uning qo‘shinining katta qismini qirib tashlaganliklari haqida ma’lumot beradi.
Polienning «Harbiy hiylalar» asarida shunday rivoyat keltiriladi:
Saklarga qarshi Doro bosqinchilik yurishini boshlaydi. Qabila boshliqlari Saksfar, Omart, To‘marislar dushmanga qarshi chora ko‘rish yuzasidan maslahatlashib o‘tirganda yilqichi shiroq kirib keladi va Eron qo‘shinini yo‘q qilish rejasini bayon qiladi. U o‘z jonidan kechib, o‘z rejasini amalga oshirishi mumkin edi. Shuning uchun saklar boshliqlaridan u halok bo‘lgandan so‘ng, uning bolalariga g‘amxo‘rlik qilishni so‘raydi. Ular rozi bo‘lgach, yonidagi tig‘ini olib, o‘zining quloq, burnini kesadi, badanini yaralaydi. So‘ng Doro qoshiga borib, o‘zini saklardan jabr ko‘rgan qilib ko‘rsatadi va saklardan o‘ch olish uchun ularga yordam berishga, Doro qo‘shinini faqat o‘zi biladigan so‘qmoq yo‘l bilan saklar qarorgohiga boshlab borishga eng muqaddas suv va o‘t nomi bilan qasamyod qiladi. Doro uning qasamyodiga ishonadi. Shiroq ularga faqatgina etti kunlik oziq-ovqat olishni uqtiradi, etti kun ichida bemalol manzilga etib borishlarini aytadi. Shiroq qo‘shinni boshlab ketadi. Etti kun o‘tgandan keyin Doro qo‘shini oziq-ovqatsiz, suvsiz qolib, cho‘lning qoq o‘rtasida halokat yoqasida turardi. Ularning na orqaga qaytishga, na oldinga yurishga majoli qolmagan edi. Shoh yo‘l boshlovchini ushlashga buyuradi. Shiroq esa qah-qah otib kuladi va, - Men sizlarni ochlik va tashnalikda qoldirib, g‘alabaga erishdim, o‘z hamyurtlarimni boshidan kulfatni daf etishga muvaffaq bo‘ldim, - deydi. Shiroq xalok bo‘ladi. Lekin o‘z qabilasini bosqinchilar hujumidan saqlab qoladi. Tasodifan yoqqan yomg‘ir tufayligina shoh lashkarining bir qismi jon saqlab qoladi va orqaga chekinadi.
Bu rivoyatdagi shiroq vatanparvarlik va qahramonlik, o‘z yurtini benihoya sevuvchi timsoli sifatida ko‘z oldimizda gavdalanadi.
Gerodotning «Tarix» kitobida keltirilgan massagetlar hukmdori To‘maris va Eron Shohi Kir haqidagi rivoyatlar ham o‘ziga xosdir.
Demak, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvoriga oid xislatlari bu kabi rivoyat va dostonlarda, eng qadimgi epik yodgorliklarda, mif va afsonalarda saqlanib bizgacha etib kelgan.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling