Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati


Download 1.06 Mb.
bet115/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

18.4. O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati

2001 yilda YUNESKO “Ta’lim hamma uchun” dasturini qabul qiladi. Bmtga a’zo bo‘lgan barcha mamlakatlar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi xam, ushbu dasturga imzo chekgan. Dastur global, keng miqyosida “Ta’lim hamma uchun” joriy etilishi YUNESKO tomonidan boshlab yuborildi. O‘zbekistonda «Ta’lim hamma uchun» milliy dasturi 2005 yili dekabr oyida qabul etildi. Shu davrdan beri uni joriy qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda davlat tomonidan inklyuziv ta’lim haqidagi hujjatlar rasmiylashtirilmoqda, hayotiy zaruriyatlardan kelib chiqqan holda turli nodavlat tashkilotlar chet ellarda bu ishlarning ahvolini o‘rganib chiqib, inklyuziv ta’limning ayrim turlarini joriy etmoqdalar. O‘zbekistonda YUNESKO ning ta’lim buyicha maslahatchisi yordamida Respublika ta’lim markazining maxsus ta’lim bo‘limi a’zolari, ”Oila” Ilmiy pedagogik markazi, Nogiron farzandli ayollar jamiyatlari, ”Umr” markazi, ”Улыбки детям” halqaro jamiyatning O‘zbekistondagi guruxi, ”Umid”markazi, Respublika Ijtimoiy adaptatsiya markazi va boshqalar talaygina muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bu borada respublikamizda “Mehrli qo‘llar” markazi ham muvaffaqiyatli ish olib bormoqda. Markazning asosiy maqsadi imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanib, u bolalarni jamiyatga moslashtirish, ularning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirib, erishgan yutuqlarini munosib taqdirlashdan iborat. Markaz tomonidan bir qator imkoniyati cheklangan bolalarning ijodiy ishlari ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda va iqtidor egalari munosib rag‘batlantirilib, ularning yutuqlari keng ommaga tarng‘ib qilinmoqda.



PEDAGOGIKA TARIXI

XIX-BOB. PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. IBTIDOIY JAMOADA TARBIYA

19.1. Pedagogika tarixi faning maqsad va vazifalari

Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini o‘z ichiga oladi va davrlar talabi asosida o‘rganadi.
Pedagogika tarixi fani orqali ibtidoiy jamiyat davridan boshlab to hozirgi kunga qadar tarbiyaning kelib chiqishini, ijtimoiy taraqqiyotning o‘zgarishi natijasida ta’lim va tarbiya jarayonlarining o‘zgargan mohiyatini turli davrlarda maorif, ta’lim-tarbiya, maktab taraqqiyotiga qo‘Shilgan hissalarni, bu sohalarda yaratilgan yangiliklarni, bobokalonlarimizning maktab, ta’lim-tarbiya sohasida yaratgan kashfiyotlarining ma’naviy hayotimizga qo‘Shgan hissalari, yaratgan asarlari, hayot va faoliyatlari bilan tanishib o‘tamiz.
Pedagogika tarixi fani orqali biz ibtidoiy jamiyat davridan boshlab, hozirgi kunga qadar dastlabki tarbiya paydo bo‘lishi, dastlabki ta’limning, maktab ta’lim-tarbiya tizimining, dastlabki madrasa, oliy o‘quv yurtlari, universitetlarning, ulardagi ta’lim jarayonining paydo bo‘lish bosqichlari bilan tanishamiz. Bu fan orqali biz dastlabki tuzilgan o‘quv dasturlari, o‘quv rejalari, o‘qituvchi mutaxassislar tayyorlash yo‘llari bilan tanishamiz. Shuningdek, xalq orzu-istaklarini amalga oshiruvchi komil inson to‘g‘risidagi xalq og‘zaki ijodi namunalari, turli bitiktoshlardagi yozuvlar, mutafakkirlarimizning faoliyati, ta’lim-tarbiyaga oid etuk asarlari namunalaridan mahramand bo‘lamiz.
Yosh avlodni o‘tmishda tarbiyalash va o‘qitish nazariyasi bilan amaliyotining qanday taraqqiy qilib kelganligini bilmay turib hozirgi jamiyatda yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalash masalalarini ilmiy ravishda hal qilib bo‘lmaydi. Tarbiya va ta’lim nazariyasi hamda amaliyotini tarixiy davrlardagi rivojlanishi pedagogika tarixida o‘rganiladi.
Tarbiyaning ilk shakllari ibtidoiy jamiyat davridayoq paydo bo‘lgan: Keksa avlod mehnat jarayonida orttirgan tajribalarini yosh avlodga o‘rgatishga harakat qilgan. Quldorlik tuzumi davrida sharqda tarbiyaga oid turli pedagogik qarashlar vujudga keldi.
Demokrit, Platon, Aristotel va boshqalar qadimgi yunon faylasuflari asarlarida tarbiyaning maqsadi, vazifasi mazmuni va vositalari haqida fikrlar bildirilgan.
Qadimgi yunon faylasuflarining tarbiyada etika va psixologik birligi prinsiplariga tayanish aqliy, axloqiy va jismoniy birligi to‘grisidagi g‘oyalari pedagogik tafakkurning rivojlanishida muhim axamiyatga ega bulgan.
Feodalizm jamiyati davrida ta’lim-tarbiya ishlari hukmron feodal tuzumi va diniy mafkura maqsadiga qaratildi. Xususan O‘rta Osiyoda tasavvuf maslagining reaksion Shakllari maktab va madrasalarda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ta’lim-tarbiya sohasida ikki oqim vujudga keldi. Birinchi oqim G‘azoliy, Ahmad yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabilar madrasalarda aniq fanlardan ta’lim berilishiga qarshi turdilar.
Ikkinchi oqim dunyoviy ta’limni ilgari surdi. Bu oqimning mohiyati Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Ulugbek, Nizomiy Ganjaviy, Nosir Xusrav, Sa’diy, Umar Xayyom, alisher Navoiy kabi mutafakirlar faoliyatidan namoyon bo‘ldi.
Bular tibbiyot mantiiq, musiqa, adabiyot, geografiya, matematika kabi ilmlar bilan yosh avlodni tarbiyalash fikrini olg‘a surdilar.
Xususan, Farobiy insonning ma’naviy etuk va mukammal bo‘lishi uchun jismoniy aqliy, estetik va axloqiy tarbiyani birgalikda olib borish zarurligini qayd etdi. Sharq mutafakkirlari inson aql orqali har qanday bilimni egallashga qodir ekanligini ta’kidladilar va inson qobiliyatiga qattiq ishondilar.
"Kalila va Dimna" da, Shuningdek Kaykavusning "Kobusnoma", Nizomulmulkning "Siyosatnoma", Nosir Xisravning "Saodatnoma", "Rushnoinoma", Yusuf Xos Hojibning "Qutadig‘u Bilig", Mahmud qoshg‘ariyning "Devoniy Lugotit-Turk", Ahmad Yugnakiyning "Xibbat ul xaqoyiq", Alisher Navoiyning "Mahbub-ul qulub" asarlarida ilg‘or pedagogik qarashlar ham ifodalangan.
Insonni tarbiyalashning yaxlit nazariyasi bo‘lgan pedagogika tarixi chex mutafakkiri YA. K. Komenskiy nomi bilan bog‘liq. Komenskiy Evropa tarbiyasini umumlashtirib ta’lim va tarbiyaning asosiy masalalarini ishlab chiqdi. Sinf dars ta’limi tizimini yaratdi. Keyinchalik ingliz faylasufi D. Lokk, fransuz materialistlari A. Gervetsi, D. Didro, J. J. Russo va boshqalar pedagogika fanini ilg‘or g‘oyalar bilan boyitdilar. O‘zbekistonda pedagogikaning tashkil topishi va rivojlanishi Abdulla Avlodniy, Xusaynxon, A. Ibodiev, I. Raxmatullaev, Abduqodir shakuriy, Qori Niyoziy, O. Sharafiddinov, R. O‘rinboev, F. Erg‘oziev kabi pedagog va olimlar nomi bilan bog‘liqdir.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling