Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi


Download 1.06 Mb.
bet16/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

3.2. Shaxs rivojlanishining ijtimoiylashuv bilan aloqadorligi
Kadrlar tayyorlash milliy modelida shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fusharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Shaxs rivojlanishi. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni o‘rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola Shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga etadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo‘lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud.


Ijtimoiylashuv – inson tomonidan jamiyatda hayot kechirish imkonini beruvchi bilimlar, normalar va qadriyatlar tizimining o’zlashtirilishi jarayoni. Ijtimoiylashuv – inson tomonidan kishilik madaniyatining, xususan milliy madaniyat an’analarining o’zlashtirib borilishi jarayoni sifatida ham talqin etilishi mumkin. Madaniy muhitga moslashish jarayoni sifatida ijtimoiylashuv insonning butun umri bo’yi davom etadi, biroq bu jarayon bolaning ikki yoshdan olti yoshgacha bo’lgan davrida boshlanadi. Mazkur davrda bola madaniy qadriyatlarni o’rganish jarayonidan uzib qo’yilsa, ijtimoiylashuv jarayoni to’xtab qoladi. Insonning madaniy an’analarni o’zlashtirishi jarayoni uning individualligining shakllanishi bilan hamohangdir. Ijtimoiylashuvning ijtimoiy funksiyalari quyidagilar: 1) ijtimoiy-tarixiy jarayon subyektini Shakllantiradi; 2) madaniyat va sivilizasiya taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi; 3) individni ijtimoiy muhitga moslashtirish orqali jamiyatning to’qnashuvlarsiz taraqqiy etishiga zamin yaratadi2.
Shaxs rivojlanishida ijtimoiy munosabatlarning o’rni muhim sanaladi. Ijtimoiy munosabatlar – odamlar o’rtasida turli aloqalar bo’lib, bunday munosabatlar ularning birgalikdagi moddiy va ma’naviy faoliyati natijasida qaror topadi.


Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling