Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet43/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Ko’rgazmalilik metodi. Ko’rgazmalilik didaktikada eng asosiy qoida bo’lib, uning yordamida ko’ruv o’quvi va tafakkur o’zaro uyg’unlashadi. Ko’rgazmali metodlarning quyidagicha turlari mavjud:

-Illyustrasiya metodi og’zaki bayon qila turib, rasmlar, chizmalar, jadvallar, doskadagi yozuvlarga diqatni tortish.

Demonstrasiya metodi-kinoapparat, LETI kabi texnik vositalar asosida, Shuningdek, televizor ko’rsatuvlaridan, videotasvirdardan foydalanib, turli tasvirlarni namoyish qiladi.

Tabiiy ko’rgazmalar-narsalarning o’zi, predmetlar, turli jonivorlarning mulyajlarini ko’rsatish. Ko’rgazmali metodlar eshitish va ko’rishni o’zaro uyg’unlashtirish vositasi hisoblanadi. Shu tufayli ulardan bilimlarni og’zaki bayon qilish metodlari bilan yonma-yon foydalansh ta’limning samaradorligini oshiradi.



Muammoli izlanish metodlari. Muammoli izlanish turidagi metodlar o’quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo’nalgan ta’lim metodidir. Bu metodlar asosida o’quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro ta’siri quyidagicha umumiy ko’rinishga ega bo’ladi.




O’qituvchi faoliyati


O’quvchi faoliyati

-turli topshiriqlar asosida muammoli holat yaratish;


-muammoli holatda ishtirok etish va muammoni qabul qilish;


-muammoni hal etishga oid farazlarni aytishni taklif etish;


-farazlarni aytish;


-farazlardan mosini muammoni bajarishga tatbiq etish;


-tanlangan farazni muammoni so’rash etish;


- xulosalar chiqarishga ko’maklashish;


-xulosalar chiqarish;


- chiqarilgan xulosalarni amaliyotga tatbiq etish yo’lla rini ko’rsatish;


-xulosalarni amaliyotga tadbiq etish;


Muammoli izlanish metodlari ham maktab tajribasida sof holda qo’llanilmaydi. Muammolarni qo’yish, ularni izohlashda suhbat, hikoyadan ham foydalaniladi. Shuningdek, ma’ruza o’qib turgan paytda turli o’quv topshiriqlari, muammolar ham hal etiladi. Ko’rgazmali qurollar vositasida bolalarga eksperimental (sinov) topshiriqlar beriladi. Ana Shularga ko’ra muammoli-izlanish metodlarining quyidagi turlari farqlanadi.

Muammoli hikoya o’rganilayotgan mavzu doirasida hikoya boshida, hikoya davomida, hikoya oxirida bolalar oldiga muammolar qo’yib, ularning mavzuga qiziqishlarini oshirish yo’lidir.

Muammoli ma’ruza: ma’ruzadan oldin o’quvchilarni mavzuga qiziqtirish maqsadida yoki ma’ruza oxirida o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish yo’li bilan ta’lim maqsadiga yerishishdir.




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling