Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet45/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Amaliy metodlar. Ta’limning amaliy metodlarida o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta’siri bolalar oldiga qo’yiladigan topshiriqlar hamda ularni qabul qilish shaklida amal qiladi. Amaliy metodlarning quyidagicha turlari mavjud:

Laboratoriya tajribasi o’quv ustaxonasida turli topshiriqlarni bajarish, o’quv-ishlab chiqarish sexida, o’quvchilar brigadasida ishlash ham amaliy metodlar sirasiga kiradi. O’quvchilar turli mehnat qurollaridan qaychi, pichoq, chizg’ich, sirkul’ va boshqalardan foydalanib qirqish, o’lchash kabi ishlarni bajaradilar.

Yelektron hisoblash mashinalari, ovozni yozib olish va yeshittirish apparatlari bilan ishlash, o’quv materiallari asosida komp’yuterlarda dasturlar tuzish amaliy metodlarning yangi turlari sanaladi.

Amaliy metodlarning eng qadimiy turi mashqdir. Mashq-o’rganilgan bilimlarni turli o’quv sharoitlariga tatbiq etish yo’lidir. Mashq vositasida turli malakalar-inteluktual va aqliy, xususiy (masalan, matematika bo’yicha) va umumiy (masalan, barcha o’quv fanlariga oid) malakalar tarkib toptiriladi.


7.4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari
1. Ta’limning umumiy maqsadlari.
2. Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
3. Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
4. Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
5. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
6. O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
7. O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
8. Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
9. O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik darajasi.

7.5. Ta’lim vositalari va ularning funksiyalari
Ta’lim metodlari ta’lim vositalari bilan birgalikda qo‘llaniladi. Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik vositalar tushuniladi. Ta’lim vositalari – bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish» savoliga javob beradi.
An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvalar, nutq, o‘quv-ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti Shva boshqarish vositalari kiradi.
Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivoj-lantiruvchi funksiyalarni bajaradi. Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish vazifalarini bajaradi.
Nemis olimlari R. Fush va K. Krollar didaktik vositalar audivizu-allik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish, optimallashtirish funksiyalarini bajaradi, deb hisoblashadi.
Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo‘llashning yana bir jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir.
Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog‘liq. Agar ta’limning faol metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foydalanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda foydalaniladi.
Ta’limning passiv(sust) metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya, ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan, ko‘rgazmali vositalarning soni etarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fanga engil-elpi qarashiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5 demonstratsiya opti-mal hisoblanadi.
2. Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni ularning birgalikda qo‘llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi. O‘qituvchining vazifasi – dars jarayonini faollishtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab olishdir.
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
- faoliyat sub’ektiga ko‘ra;
- faoliyat ob’ektiga ko‘ra;
- o‘kuv axborotiga munosabatiga ko‘ra;
- o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.



Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling