Pedagogika nazariyasi, Pedagogika tarixi) (Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining barcha bakalavriat ta’lim yo’nalishlari uchun) Toshkent 2019


Download 1.06 Mb.
bet54/218
Sana21.11.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1792944
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   218
Bog'liq
Mavzu O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi-www.hozir.org

Masofaviy ta’lim – muayyan nuqtadan axborot-kommunikasiya vositalari (video, audio, kompyuter, multimedia, radio, televideniye va b.) Yordamida ta’lim xizmatlarini ko’rsatish, ta’limiy mahsulotlarni tarqatish va yetkazib berishdai an’anaviy hamda innovasion shakl, metod, vositalarga asoslangan holda ta’lim resurslaridan foydalanishga yo’naltirilgan ta’lim

Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.

Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko’zlagan o’qitish va boshqalarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (yunesko).

Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim – talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o’ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim. Shaxsga yo’naltirilgan ta’limning o’ziga xos jihati ta’lim oluvchi shaxsini tan olish, uni har tomonlama rivojlantirish uchun qulay, zarur muhitni yaratishdan iborat

Muammoli ta’lim texnologiyalari – talabalarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigan ta’lim texnologiyalari

Hamkorlik pedagogikasi –ta’lim beruvchilar va ta’lim oluvchilarning uzaro muloqotiga asoslangan shaklda ta’lim berishga yo’naltirilgan tizim. Hamkorlik pedagogikasi o’quvchining ta’lim-tarbiya olish motivlarini rivojlantirib borish orqali hamda o’quv tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish tamoyillarini amalga tadbiq qilgan holda yuqori sifat va samaradorlikka erishishni ta’minlaydi
Hamkorlik pedagogikasi 4ta asosiy yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi:



  • Shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv;


  • Dialektik faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi majmua;


  • Tarbiya konsepsiyasi;


  • Atrof-muhitni ta’lim-tariyaga moslash;




Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling