I-BO’LIM. O’QUV MATERIALLAR
1.1.MA’RUZA UCHUN MATERIALLAR
1-MODUL. “PEDAGOGIKA NAZARIYASI” KURSINING MAZMUNI VA MOHIYATI
VI – SEMESTER. 1-MAVZU: PEDAGOGIKA FANINING PREDMETI, TADQIQOT METODLARI.
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
1.1. Pedagogika tushunchasi, maqsadi,vazifalari va uning asosiy kategoriyalari.
1.2. Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
1.3. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
1.4.Ilmiy-pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi va tadqiqot metodlari.
1.5. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o’tkazish.
Tayanch so’z va iboralar: pedagogika, maqsad, vazifa, ob’yekt, predmet, kategoriya, pedagogikaning sohalari, pegagika fani metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot metodlari.
1.1. Pedagogika tushunchasi, maqsadi,vazifalari va uning asosiy kategoriyalari
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g'oyalari asosida tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o'rganadi.
Pedagogika – ta’lim va tarbiya jarayonini yaxlitlikda o’rganadigan fan sohasi.
Pedagogikaning fan sifatida taraqiy etish jarayoniga turli pedagog olimlar tomonidan turlicha fikrlar beriladi. Pedagogika kontekstlik ma’nosiga ega bo‘lib o‘rganuvchining turli xil faoliyatlarida o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Amerikalik pedagog olim Bernstein fikriga ko‘ra pedagogika bir insonning ongli faoliyati boshqa bir insonni o‘rganishini ta’minlaydi. Uning fikricha pedagogika shaxsning yangi jihatlarini kashf qilish, fikrlarni bog‘lash, bilim, amaliyot va shaxs fikrini ta’minlovchi vosita xisoblanadi.Shu bilan birga u o‘qituvchining tashkilotchiligi,boshqaruvchanligi, talaba fikrini tahlil qila olishi va talabaga nisbatan o‘qituvchi masxuliyatini ko‘rsatuvchi hisoblanadi.1
Do'stlaringiz bilan baham: |