Pеdаgоgikа nаzаriyаsi vа tаrixi
Download 19.29 Kb.
|
tashqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- T A Q R I Z
- 5А110901- “Pеdаgоgikа nаzаriyаsi vа tаrixi” mutaxassisligi
Navoiy davlat pedagogika instituti 5А110901 - “Pеdаgоgikа nаzаriyаsi vа tаrixi”(faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bitiruvchisi Ibragimova Shaxnoza Tulqinovna tomonidan bajarilgan “Talabalarda vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga tashqi T A Q R I Z Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo`lgan yoshlar 10 million 500 mingdan ortiq yoki umumiy aholining taxminan 40 foizini, 30 yoshgacha bo`lganlar esa — 18 million nafarni yoki 64 foizini tashkil etadi. Shu nuqtai nazardan olib qaraydigan bo`lsak, mamalakatning ijtimoiy – siyasiy hamda ma’naviy – marifiy rivojini yoshlar ishtirokisiz tasavvur eta olmaymiz. O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro standartlar va milliy an’analar uyg`unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko`nikmalarga ega, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlash, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg`usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratilgan talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy ongini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning dolzarb mavzusi sifatida talqin etilgan.1 Demak, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo`lida mamlakatimiz bo`ylab Prezidentimiz boshchiligida juda katta safarbarlik e’lon qilingan va biz bo`lajak pedagog xodimlar oldiga yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo`lgan fidoyi va vatanparvar talaba yoshlarni tarbiyalash; talabalarni yot g`oyalar ta’siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash talabini qo`ydi. Magistrant Sh.T.Ibragimovaning “Talabalarda vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishning pedagogik asoslari” nomli magistrlik dissertatsiyasi aynan yuqoridagi muammoni tadqiq qilishga va ilmiy-amaliy jihatdan chuqur o’rganishga asoslangan. Magistrlik dissertatsiyasi ishining birinchi bobida muammoni juda chiroyli tarzda ilmiy, diniy, siyosiy, ma’naviy jihatdan asoslangan dalillar bilan ochib bergan. Magistrlik dissertatsiyasi ishining ikkinchi bobida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy prinsiplari, usullari hamda bosqichlari, talaba yoshlar ongiga vatanparvarlik tuyg`ularini singdirishda jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish jarayonining mazmuni, metod va vositalari, oliy ta’lim mussasalarida talabalarda vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirishning olib boriladigan ma’naviy – ma’rifiy ishlar jarayoni ochib berilgan. Magistrlik dissertatsiyasi ishining uchinchi bobida tajribagacha bo’lgan va tajribadan keyingi talabalarda vatanparvarlik tuyg`ularining shakllanganlik ko’rsatkichlari, hamda talaba yoshlarda vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishning sаmаrаli pedagogik usullаri bayon etilgan. Magistrlik dissertatsiyasida keltirilgan fikrlardan kelib chiqqan holda magistrant Ibragimova Shaxnoza Tulqinovna tomonidan bajarilgan “Talabalarda vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishning pedagogik asoslari” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi magistrlik darajasini olish uchun qo’yilgan barcha talablarga to’liq javob beradi va bitiruvchi kurs magistranti Ibragimova Shaxnoza Tulqinovna 5А110901- “Pеdаgоgikа nаzаriyаsi vа tаrixi” mutaxassisligi bo’yicha mаgistrlik dаrаjаsini оlishga loyiq deb hisoblayman. Taqrizchi: Qarshi davlat universiteti professor p-s.f.d A.M. Jabborov 1 O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi pf-89-son farmoni tahririda — qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son Download 19.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling