Forobiy insonlarning birgalikda o‘zaro, ixtiyoriy ravishda birgalashib, hamkorlikda yashashlari zarurligi natijasida turli nizolar bartaraf etilishini uqtiradi.
Ibn Sino insoniyatning kelib chiqishi bir ekanligini ta’kidlab irqiy motivlarga asoslangan har qanday zo‘ravonlikni qoralaydi. SHuningdek, milliy va diniy kamsitishlar, chegaralashlar xalqlar, ijtimoiy guruhlar, alohida odamlar orasidagi o‘zaro tinch, do‘stona munosabatga rahna solishini ko‘rsatadi.
Beruniyning ma’naviy-ma’rifiy ta’limotida millatlar, xalqlar, elatlar tengligi, birodarligi umumbashariy qadriyat sifatida ulug‘lanadi. U biron-bir xalqni yoki e’tiqodni sababsiz ulug‘lab, boshqasini qoloqlikda ayblamagan.
|