Gender tolerantlikka doir suhbatlar esa, quyidagi savollarni muhokama qilish asosida o‘tkaziladi:
|
1) nega boshqa jins vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish lozim?
2) o‘g‘il bolalarning qizlarga qaraganda o‘zlarini ustun qo‘yishlari to‘g‘rimi?
3) bir jinsning ikkinchi jins asosida paydo bo‘lganligi haqidagi g‘oyalarga ishonish mumkinmi?
4) boshqa jins vakillari haqida ma’lumotga ega bo‘lishning zaruriyati nimada?
|
Diniy tolerantlikka doir suhbatlar jarayonida quyidagi muammoli savollarning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq:
|
dinlarning umumiy jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?
boshqa dinga e’tiqod qiluvchi kishilarni o‘z diniga e’tiqod qilishga da’vat etish to‘g‘rimi?
vijdon erkinligini cheklab qo‘yish qanday oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin?
o‘zga din vakillariga nisbatan toqatli bo‘lish uchun kishi o‘zida qanday sifatlarni tarkib toptirish lozim?
|