Pedagogika nazariyasi va tarixi
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va
Download 85.32 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- tasavvurga ega bo’lish lar i
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va
malakalariga qo’yiladigan talablar “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o’quv fanini o’rganish jarayonida bakalavrlar quyidagi pedagogik tushunchalar, ularning mohiyatiga oid nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirishlari zarur: pedagogika, didaktika, tarbiya nazariyasi, tarbiya turlari, ta’lim menejmenti, uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim ishtirokchilari, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, milliy pedagogik meros, jahon ta’lim tizimi. Shuningdek, talabalar: fan metodologiyasi; pedagogik antropologiya; pedagogik jarayon mohiyati; pedagogik faoliyat mazmuni; pedagog shaxsida namoyon bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar; ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari; ilmiy-pedagogik tadqiqot obyektlari va metodlari; ta’limiy va tarbiyaviy tamoyillar; an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlar; ta’lim va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari; ilg’or pedagogik texnologiyalar; maxsus pedagogikaning asosiy yo’nalishlari; milliy pedagogik meros va jahon ta’limi tajribasining yosh avlodni shakllantirishdagi ahamiyati; komil inson, malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining o’ziga xos jihatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishlari; O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli; ta’lim va tarbiya jarayonlarining o’zaro birligi va aloqadorligi; o’qitish va tarbiya qonuniyatlari; ta’lim nazariyasi(didaktika)ning umumiy asoslari; ta’lim turlari va bosqichlari; ta’limni tashxis qilish; tarbiya nazariyasining muhim tarkibiy elementlari; oila, jamoa va muhitning shaxs tarbiyasidagi o’rni; o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash; oila tarbiyasi va o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari; O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, uning muhim bosqichlari; ta’limni boshqarish; shaxsga ta’lim va tarbiya berish g’oyalarining shakllanish tarixi; Sharq va G’arb mutafakkirlarining shaxs ta’limi, tarbiyasini tashkil etishga oid qarashlari; tarbiya, maktab va pedagogik fikrning taraqqiy etish tarixi; jahon ta’lim tizimi an’analaridan xabardor bo’lishlari; ta’lim va tarbiya jarayonida milliy pedagogik meros namunalari, jahon ta’limi an’analaridan foydalanish; pedagogik faoliyatni rejalashtirish; kasbiy faoliyatni tashkil etishda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl, metod, vosita va texnologiyalarini qo’llash; ta’lim oluvchilar faoliyatlarini nazorat qilish; o’quvchilarning bilimlarini to’g’ri tashxis qilish va xolis baholash; qobiliyatli, iqtidorli o’quvchilarni tanlay bilish, ularni rag’batlantirish, iste’dodlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash; alohida o’quvchi, o’quvchilar jamoasi, ota-onalar bilan yakka tartibdava guruh bo’lib ishlash; o’quvchilar jamoalarini boshqarish; ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish; oila va ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish; pedagogik faoliyat mohiyatini yorituvchi ish hujjatlarini to’g’ri yuritish; ta’lim menejmentini oqilona olib borish; O’zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanish istiqbollarini belgilash ko’nikma va malakalariga ega bo’lishilari lozim. Download 85.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling