Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan Reja: Pedagogika predmeti. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari


Download 94.06 Kb.
bet6/11
Sana09.03.2023
Hajmi94.06 Kb.
#1255532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan

Pedagogika nazariyasi – ta’lim yoshidagi bolalar, o’smirlar va o’spirinlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.

  • Pedagogika tarixita’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, taraqqiy etish tarixini, shaxsni o’qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, shuningdek, asrlar davomida pedagogik jarayonda qo’llanilib kelingan metod va vositalarni o’rganadi.

  • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  • Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

  • Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. Korrektsion pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. Ya’ni:

    1. Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

    2. Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

    3. Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

    4. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

    6. Metodika xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi

    Download 94.06 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling