Pedagogika nazariyasi – ta’lim yoshidagi bolalar, o’smirlar va o’spirinlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.
Pedagogika tarixi – ta’lim-tarbiyaga oid pedagogik fikrlarning rivojlanish, taraqqiy etish tarixini, shaxsni o’qitish va uni tarbiyalashning tarixiy shakllarini, shuningdek, asrlar davomida pedagogik jarayonda qo’llanilib kelingan metod va vositalarni o’rganadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik, fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.
Korrektsion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi. Korrektsion pedagogika tarkibiga turli sohalar kiradi. Ya’ni:
Surdopedagogika va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Oligofrenopedagogika va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Tiflopedagogika va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.
6. Metodika xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi
Do'stlaringiz bilan baham: |