Pedagogik kuzatuvni tashkil etishga qo’yiladigan shartlar: kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik; kuzatishni tizimli ravishda yo’lga qo’yish; kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish; har bir holatning mohiyatini sinchiklab o’rganish; xulosa chiqarishga shoshilmaslik
Pedagogik tajriba (“eksperiment” lotincha – “tajriba qilib ko’rish”) metodidan muammo yechimini topish imkoniyatlarini o’rganish, mavjud pedagogik sharoitlarning maqsadga erishishning kafolatlay olishi, berilayotgan tavsiyalarning amaliyotda o’z in’ikosiga ega bo’la olishi va ularning samaradorligini aniqlash maqsadida foydalaniladi. Pedagogik tajribaning quyidagi turlari mavjud:
Pedagogik tajriba samaradorligini ta’minlovchi shartlar: tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; tadqiqot ilmiy farazining puxta asoslanishi; tadqiqot ob’ektlari va usullarining to’g’ri tanlanishi; tajriba o’tkazilish vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; zarur pedagogik shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash
Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo’llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlar olib borishda Stьyudent, Kыvirlyag, Rokich, V.Bespalьko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda.
Adabiyotlar:
1. Karimov I.A. O’zbekistonninng o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li. – Toshkent: O’zbekiston, 1992.
2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1997.
3. O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni // Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent: SHarq nashriyot-matbaa kontserni, 1997.
4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent: Xalq merosi nashriyoti, 1993.
5. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1-qism. Pedagogika nazariyasi / M.X.Toxtaxodjaeva va boshqalar. Prof. M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996.
Do'stlaringiz bilan baham: |