Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan Reja: Pedagogika predmeti. Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari


Download 94.06 Kb.
bet7/11
Sana09.03.2023
Hajmi94.06 Kb.
#1255532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to’g’risidagi fan

7. Pedagogik mahorat bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.
8. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.
9. Ijtimoiy pedagogika – shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillarni, ularni bartaraf etish yo’llarini, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslar toifalariga ko’rsatiladigan ijtimoiy-pedagogik yordam mohiyatini, turlari. shakl, metod va vositalarini o’rganadi.
10. Kasbiy pedagogika – ta’lim oluvchilarga muayyan kasb yoki hunar yo’nalishida maxsus bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish, kasbiy faoliyatni malakali tashkil etish, kasbiy mahoratni takomillashtirish masalalarini o’rganadi.
11.Ta’lim menejmenti – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshqarish, nazorat qilish, istiqbolni belgilash masalalarini o’rganadi.
12. Qiyosiy pedagogika – turli xalqlarning shaxsni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlari, ta’lim-tarbiya tizimi, pedagogik ta’limotlarning mohiyati, shuningdek, jahon ta’limiga xos bo’lgan samarali shakl, metod, vosita va innovatsion yondashuvlarni qiyosiy-genetik jihatdan o’rganadi.
13. Konfliktologiya – ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik muammolar, ta’lim ouvchi va ta’lim beruvchi o’rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar mohiyati, ularni samarali bartaraf etish yo’llarini o’rganadi.


Pedagogik tadqiqot metodlari. Pedagogika fani rivoji muayyan pedagogik muammolarni tadqiq etish maqsadida olib borilgan tadqiqot ishlarining g’oyasi, mazmuni, natijalari hisobiga ta’minlanadi. Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o’rganish, mavjud ko’rsatkichlar vositasida sodir bo’lish sabablarini aniqlash, zarur chora-tadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etishni taqozo etadi. Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlar shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo’nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir. Pedagogik ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish murakkab, izchillik, uzluksizlik, tizimlilik va aniq maqsad kabi xususiyatlarga ega jarayon.
Zamonaviy sharoitda pedagogik yo’nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:

Quyida mazkur metodlarning mohiyati to’g’risida qisqacha so’z yuritiladi.



Download 94.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling