«Педагогика тарихы» курсы үш бөлімнен тұрады


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼlim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida


Download 1.93 Mb.
bet2/5
Sana13.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1195724
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogika tarixi fan sifatida Safarov Suhrob(1-mavzu)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev taʼlim-tarbiya jarayonida milliy meros, pedagogik qadriyatlardan samarali foydalanishning ijtimoiy ahamiyati haqida.

  • Ta’lim-tarbiya tizimida milliy g‘oyani rivojlantirish imkoniyatlari. Ta’lim muassasalari O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot strategiyasi, o’zbek xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsad-muddaolari, milliy istiqlol g‘oyalarini yoshlar qalbi va ongiga singdirishning ustuvor yo‘nalishlariga xizmat qiladi. Bu borada jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot-tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqoz etiladi. Bunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida o‘quvchi-talabalar ongida milliy g‘oya va milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish ishlarini uzluksiz tarzda olib borish, ta’lim muassasalarida bolalar va talabalarning yoshiga mos ravishda milliy istiqlol mafkurasini singdirishda differensial pedagogik-psixologik dasturlar yaratish, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarda milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini teran aks ettirish, maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda mafkuraviy tarbiyani bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarish, pedagog-kadrlarnin mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish muhim ahamiyatga ega yo‘nalishlardir. Ta’lim-tarbiyaning har bir bosqichi, o‘z navbatida, milliy g‘oyalarni yoshlar qalbi va ongiga singdirishning o‘ziga xos omillarini nazarda tutadi.

Bevosita ta’lim beruvchi muassasalar (maktablar, litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari)mafkuraviy tarbiyaning asosiy o‘choqlaridir.

Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida, barcha o‘quv qo‘llanmalari va darsliklar, qo‘shimcha adabiyotlarda quyidagi omillar ustuvor ahamiyat kasb etishi lozim. Shu bilan birga, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish; ona tilimizga muhabbat uyg‘otish, milliy qadriyatlarni hurmat qilish va e’zozlash, ezgulik timsoli bo‘lgan ayolni ulug‘lash, oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish, mahallaning demokratiya darsxonasi va o‘z-o‘zini boshqarish maktabi ekanini tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini uqtirish, din va dunyoviy bilimlarning o‘zaro qarama- qarshi emasligini anglatish, ma’rifatning shaxs intellektual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kengligini isbotlovchi dalillar keltirish, siyosiy va huquqiy madaniyat sog‘lom dunyoqarashning muhim omili ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘paytirish bu boradagi zarur bilimlarni o‘zlashtirishga yordam beradi.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling