«Педагогика тарихы» курсы үш бөлімнен тұрады


Download 1.93 Mb.
bet3/5
Sana13.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1195724
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogika tarixi fan sifatida Safarov Suhrob(1-mavzu)

Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida butun mamlakat miqyosida ta’lim va tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o‘rgatish tizimlarini tubdan isloh qilishga nihoyatda katta e’tibor qaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi. Uni amalga oshirish jarayonida maktab ta’limi, ayniqsa, umumta’lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e’tiborni kuchaytirish kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylangan edi. Hozirgi kunda istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma’rifat sirlarini o‘rganayotgan, hozirda ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o‘quvchilar, kata hayotga kirib kelayotgan, o‘z iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlar misolida ma’naviyatning yuksalishini kuzatish mumkin va tabiiyki, bunday sharoitda g‘oyaviy tarbiya mezonlari ham davrga muvofiqlashib boradi.

«Jamiyat taraqqiyotining asosi - uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch - ma‘rifatdir»

I. A. Karimov

  • Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’an va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga intilish va harakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar. Shu ma’noda, bunday xavf-xatarlarga qarshi asosiy qurol sifatida yurtimizda yashayotgan har bir inson, avvalo, unib-o‘sib kelayotgan yangi avlodning har tomonlama barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun bo‘lib voyaga yetishi uchun keng jamoatchilik va aholimiz o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatimizni yuksak darajaga ko‘tarishning ahamiyati beqiyosdir».
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.– Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb o‘ylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir, – dedi Prezident. – Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. – Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyat.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling