Pedagogika tarixi fan sifatida
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
3-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogika tarixi fanining predmeti, asosiy tushunchalari
- O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 42-moddasida «Har kimga ilmiy va texnikaviy erkinligi , madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi.
Pedagogika tarixi fan sifatida Reja: 1. Pedagogika tarixi fanining predmeti, asosiy tushunchalari. 2. Pedagogika tarixining maqsadi, vazifalari, metodologik asosi va boshqa fanlar bilan aloqasi 3. Pedagogika tarixi fanining manbalari, tadqiqot metodlari. 4. O’zbekistonda pedagogika tarixini davlatlashtirish muammosi. Pedagogika tarixi fanining predmeti, asosiy tushunchalari. O’zbekistonda milliy istiqlolga erishilgach, ma’naviy qadriyatlarini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davriga qadam qo’yildi. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sohalarda tub o’zgarishlar davri boshlanadi. Jahon xalqlari bilan aloqalari kengaya boshladi. Bu esa, milliy madaniyatimizni yuksaltirishni, ma’naviy merosimizni chuqur o’rganishni, milliy istiqlol mafkurasini yaratishni taqazo etadi. Har bir ijtimoiy tuzum kelajagi, insoniyat iqboli, kishilarni hayot va turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog’liqdir. Fan va madaniyat rivojlanishi ta’lim tarbiya ishlarining qay yo’sinda olib borilishidan kelib chiqadi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 42-moddasida «Har kimga ilmiy va texnikaviy erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy-ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi» deyilgan. Milliy qadriyat xalq o’tmishiga, buguni va kelajagiga, fan va madaniyatiga, taraqqiyotiga, milliy axloq-odobga nisbatan yuksak hurmat bilan belgilanadi. Jumhuriyatmizda mustaqillik tantanasi tufayli milliy qadriyatlarni yuksalishi uchun keng yo’l ochildi. Xalq turmushining yaxshilanishi, rivojlanishi bilan aloqador bo’lgan fan va madaniyat taraqqiyotini ta’lim-tarbiyasiz tasavvur etish mumkin emas. «Pedagogika tarixi» - pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi fan bo'lib, pedagogika-psixologiya ixtisosligi o'quv rejasida ixtisoslik fanlari uchun ajratilgan soatlar hisobidan o'tilishi ko'zda tutilgan. «Pedagogika tarixi» fanini o'qitish jarayonida talabalar kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida insonning farzand tarbiyasiga munosabati, uning ijtimoiy ahamiyati, Markaziy Osiyo va Yevropa xalqlari va allomalarining pedagogik qarashlari, ilk har - hamda O'zbekistonda xalq ta'limi tizimining shakllanishiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o'zlari yashab turgan turonzaminda ilm-fan, madaniyat va ma'rifat rivoji, maktablar va xalq ta'limi taraqqiyoti to'g'risida Oliy ta'lim Davlat standartlari darajasida bilim oladilar. «Pedagogika tarixi» fanini o'qitishning asosiy maqsadi talabalarning umumpedagogik bilimlarini oshirish, vazifasi esa «Pedagogika nazariyasi» fani yuzasidan egallagan bilimlarini cho'qurlashtirishdan iborat. «Pedagogika tarixi» faniga kirish. «Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar» , «VII asrdan XIV asrgacha maktab ta'limi va pedagogik fikr rivoji». «XIV-XVI asrlarda Movaraunnahrda maktab, ta'lim- tarbiya va pedagogik fikr», «XVI1- asrdan XX asr boshigacha Turkiston o'lkasida maktab, ta'lim-tarbiya va pedagogik fikr rivoji». «Sho'rolar hukumronligining dastlabki davrida xalq ta'lim va pedagogika», «Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi davrda yillarda O'zbekistonda xalq ta'limi va pedagogika fani rivoji», «Mustaqillik yillarida O'zbekistonda Xalq ta'limi va pedagogika fanining taraqqiyoti», «Jahon pedagogika fani taraqqiyoti tarixi» singari boblarga bo'linadi. Yuqorida zikr etilgan har bir bobda ular qayd etilgan davrlarga va jo'g'rofiy hududlarga tegishli maktablar rivoji, ta'lim - tarbiya shakllari, metodlari, ilg'or pedagogik fikrlar milliy mafkuramiz talablari asosida ilmiy-pedagogik tahlil etilib, o'rganiladi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling