Pedagogika tarixi fanining predmeti va vazifalari


Download 27.9 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi27.9 Kb.
#1388133
Bog'liq
Taqriz


Namangan Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti amalyotchisi magistrant G.Ko’ziyevaning “Pedagogika tarixi fanining predmeti va vazifalari mavzusidagi ochiq darsiga


T A Q R I Z
Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini yaxshilash, o’quv jarayonini zamonaviy bilimlar bilan to’ldirish zamon talabi bo’lib qolmoqda. Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida ochiq darslar tashkil etish to’g’risidagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining qarori ta’lim sifatiga e’tiborni yuksakligidan dalolat beradi. Bu jarayon fanlarni usluban va mazmunan boyitish uchun salmoqli hissa qo’shadi. Bu borada kafedramizda tashkil etilayotgan ochiq darslar muhim ahamiyatga egadir.
Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti amalyotchisi magistrant G.Ko’ziyevaning “Pedagogika tarixi fanining predmeti va vazifalari mavzusida 2-kurs MTT- 22 guruhida o’tkazgan ochiq darsida o’zining, qiziqarliligi va mavzuning og’zaki nutqni rivojlantirishi bilan ajralib turadi. Mavzuni muammoli masalalar bilan boyitish, dars jarayonida ta’limning ilg’or pedagogik texnologiyalardan, interfaol usullaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilgan.
Ushbu dars juda yaxshi tashkillangan va talabalarni darsga ishtiroki a’lo darajada. Ko’gazmali qurol sifatida foydalanilgan texnik vositalar, kartochkalar, rasmlar , tarqatma materiallar darsni qiziqarli o’tishiga yordam berdi. O’qituvchi dars davomida har bir talabani jarayonga chorladi va talabalar chinakam darsga qiziqishlari ko’rinardi. Dars rejasi qat’iy bayonda va boshqa fanlar bilan aloqa qilgan holda tuzilgan. O’qituvchining nutq madaniyati, fikrni aniq ifodalay olishi, dars davomida o’zini tutishi a’lo darajada.
Men ushbu darsni uslubiy jihatdan ijobiy baholayman.


Taqrizchi: ___________________
Pedagogika kolleji direktori
Download 27.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling