Pedagogika universiteti a. A. Normatov matematika tarixi


-§. O’rta asr O’rta Osiyolik allomalar hayoti va ijodidan   namunalar


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana26.09.2017
Hajmi1.09 Mb.
#16544
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 6-§. O’rta asr O’rta Osiyolik allomalar hayoti va ijodidan   namunalar 

       Reja: 

     1. Beruniy hayoti va ijodi. 

www.ziyouz.com kutubxonasi


 

37 


     2. Ќayyom hayoti va ijodi. 

     3. Tusiy hayoti va ijodi. 

 

      I.  O’rta  asrda  yashab  ijod  etgan  mashhur  olimlardan  yana  biri  xorazmlik  buyuk 



entsikliopedist Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) dir. U 973 yil 

4 – sentyabrda Xorazmning qadimiy Kot (keyingi Shabboz, hozirgi Beruniy) shahri-

da tug’ildi. Bu davrda Kot Xorazmning poytaxti bo’lib, Somoniylar davlatiga qarashli 

edi.  Beruniy  hayoti  va  ijodini  quyidagi  bosqichlarga  bo’lish  mumkin:  bolalik  va 

o’smirlik yillari, Rayga ketishi va Jurjonga kelishi, 1010 – 1017 yillarda Xorazmda ya-

shagan  davri,  Ђaznada  yashagan  davri  va  hayotining  so’nggi  yillari.  Otadan  yosh 

qolgan Beruniyni astronom va matematik Abu Nasr ibn Iroq o’z tarbiyasiga oladi va 

unga alohida ixlos bilan o’z bilimlarini o’rgatadi. X asrning birinchi yarmida Xorazm-

da  ikki  mustaqil  xukmdor  mavjud  edi:  Janubiy  Xorazmshoxi  Abu  Abdulla  Muham-

mad  (poytaxti  Kot)  va  Shimoliy  Xorazm  amiri  Ma’mun  ibn  Muhammad  (poytaxti 

o’urganj-Urganch). 995 yilda bu ikki hukmdor o’rtasida taxt uchun kurash Ma’mun 

ibn  Muhammad  g’alabasi  bilan  tugadi.  Poytaxti  o’urganj  bo’lgan  yagona  Xorazm, 

Ma’mun esa Xorazmshox deb e’lon qilindi. Yosh olim o’z vatanini tashlab ketishga 

majbur bo’ldi. Tehron yaqinidagi Ray shaxrida keksayib qolgan matematik va astra-

nom Abu Muhammad Ќamid Xo’jandiy bilan tanishadi. U bilan birgalikda Ray sha-

hridagi rasadxonada kuzatish va o’lchash ishlarini olib boradi (995-977 yil) bu erda u 

Xo’jandiy yasagan va Rayning hokimi Faxr ad-Davalga atab “Sudsi faxriy”, ya’ni “Fa-

xriy  Sakstanti”  nomli  katta  astranomik  asbob  qiziqtiradi.  Bu  asbobni  o’rganib  uni 

takomillashtirish borasidagi fikrlarni “Faxriy sakstanti bayoni haqida” nomli alohida 

asarida bayon etadi. 997-998 yillarda yana Kotga qaytadi. Ammo 998-1004 yillarda 

Jurjonda  Qobus  ibn  Vashmgir  saroyida  xizmat  qiladi.  Shu  erda  u  o’zining  birinchi 

yirik asari “Al-Osarul boqiya” (“Qadimgi xalqlardan  qolgan yodgorliklar”) ni Qobus-

ga taqdim etadi. 

1005 yili Abul Abbos Ma’mun (kichik o’g’li) Xorazm taxtiga o’tiradi. U o’z sa-

royiga Ibn Sino, Abu Saxl masihiy, Abu Nasr Mansur ibn Iroq, abu Ќammor kabi al-

lomalarni to’playdi. Shular bilan birga Beruniy ham 7 yil xizmat qiladi. 

1017 yili Ђaznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniy ham boshqa olimlar qatori 

o’azanga asir sifatida jo’natilinadi. Og’ir sharoitga qaramasdan u ilmiy ishlarini da-

vom ettiradi va 1025 yili “o’eodeziya” asarini yozadi. Ђaznaviy Ќindistonni bosib ol-

gandan so’ng Beruniy Ќindistonga safar qiladi. U erda hind fani va adabiy merosini 

o’rganadi, natijada “Ќindiston” nomli mashhur asarini yozadi (1030 yil). Oraliqda bir 

necha  asarlar  yozgan  bo’lib, bulardan matematikaga doiri “Doiraga ichki  chizilgan 

siniq chiziqning xossasi yordamida uning vatarini aniqlash” dir (1027 yil). 

1030  yili  “Yulduzshunoslik  san’ati  negizlarini  tushuntirish  kitobi”  (“Kitob  at-

tafhim li san’at at-tanjim”), 1036 yili esa “Astronomiya va yulduzlar bo’yicha Mas’ud 

qonuni”  (Qonuni  Ma’sudiy  fi  xayat  va  nujum)  asarini  Mahmudning  o’g’li Ma’sudga 

bag’ishlaydi. 1040  yili  “Minerologiya” va hayotining so’ngi yillarida “Farmakogno-

ziya” asarini yozadi. 1048 yili Ђazanda vafot etadi. 

www.ziyouz.com kutubxonasi


 

38 


Buyuk  entsiklopediya  olim  umri  davomida  150  dan  ortiq  ilmiy  asar  yozgan 

bo’lib, bizgacha 40 tasi etib kelgan. Uning ijodi haqida akademik I.Yu. Krachkovskiy 

shunday deydi: “Beruniy qiziqqan sohalarni sanab chiqishdan ko’ra, qiziqmagan so-

halarni sanab chiqish osonroqdir”. 

      1. Arifmetika va algebraning asosiy masalalariga ta’rif beradi hamda o’nli va olt-

mishli  sistemaning  asosiy  printsiplari,  abjad  hisobi,  butun  va  kasr  sonlar  ustida 

amallar, chiziqli, kvadrat va kub tenglamalarni taqribiy echish usullarini bayon etadi. 

      2.  o’eometrik  miqdorlarni son deb qarash bilan bular ustida arifmetik amallarni 

bajarishda son tushunchasini musbat haqiqiy sonlargacha kengaytiradi. 

      3.  Evklidning  asosiy  geometrik  tushunchalar  va  geometrik  figuralarga  bergan 

ta’riflarini to’ldirib, ularga teng kuchli bo’lgan ta’riflar beradi. 

      4.  Planimetriya  teoremalarini  astronomiyaga  tatbiq  qilishda:  joyning  kengligini 

aniqlash, quyoshning anogeyini aniqlash va boshqalarni aniqlaydi. 

      5. Doiraga ichki chizilgan mantazam ko’pburchaklarning tomonlarini hisoblaydi: 

5  burchak,  10  burchak,  7  burchak  va  9  burchakni  tomonlarini  hisoblashni  uchinchi 

darajali  tenglamaga  keltiradi  va  bu  tenglamani  taqribiy  echish  usullarini  keltiradi. 

Bunda    sonining  7  ta  o’nli  raqamigacha  bo’lgan  sondan  foydalangan.  Burchakni 

teng uchta bo’lish masalasini echishning 12 hil usulini beradi. 

      1.  Stereometriya:  ko’pyoqlar,  aylanma  jismlar,  konus  kesmalari,  muntazam 

ko’pyoqliklarga ta’rif beradi va stereometriyaning asosiy tushunchalarni bayon eta-

di. 

      2. O’lchov uchta ekanligini va planetalarning xarakatini ko’rsatish bilan birga bi-



rinchi  bo’lib  fazoviy  koordinatalar  g’oyasini  beradi.  Astronomiyaning  turlicha  kon-

struktsiyalarini va u yordamida echiladigan amaliy masalalarni ko’rsatadi. Er va os-

mon sferasini kartografik proektsiyalashning eng yaxshi usulini ko’rsatadi. 

      3. Tekis va sferik trigonometriyadagi asosiy masalalar asosida mustaqil sistema-

tik  trigonometriyani  tuzadi.  Trigonometrik  chiziqlar  orasidagi  munosabatlarini  is-

botlaydi. Sferik kosinuslar teoremasiga teng kuchli teoremani isbotlaydi. 

   4. Fizika sohasida: turli fizik hodisalarga to’g’ri baho bergan; 9 xil metall, 18 hil 

suyuqlik,  15  hil  mineralga  –  jami  50  dan  ortiq  moddaning  solishtirma  og’irlinigi 

aniqlagan  (bu  sohada  birinchi  edi).  Suyuqlikning  muvozanat  sharoiti,  sifonning 

ishlash printsipi, buloq va fontanning otilish sabablarini, issiqlikning tabiati va un-

ing  jismlarga  ta’siri,  magnitning  xususiyatlari,  linzaning  xususiyatlari,  yorug’lik 

nur-moddaning  bir  ko’rinishi  (tezlikka  ega),  suv  hajmining  haroratiga  bog’liqligi 

va boshqalar. 

   5.  Etika  va  pedagogika  sohasidagi  fikrlari  ham  diqqatga  sazovordir.  Jumladan 

akademik  V.R.Rozen  “Ќindiston”  kitobi  namunasida  shunday  deyiladi: “Bu yod-

gorlik-shu  hildagi  asarlar  ichida  yagonadir  va  Ђarb  hamda  Sharqning  butun  qa-

dimiy va O’rta asr ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q... Bu asar di-

niy,  irqiy,  milliy  yoki  tabaqaviy  bid’atlar  va  xurofotlardan  xoli  bo’lgan  xolisona 

tanqid  ruhi  bilan,  yangi  fanning  eng  qudratli  quroli,  ya’ni  qiyosiy  metod  bilan 

g’oyat  to’la  ravishda  qurollangan,  ehtiyojlar  va  issiq  tanqid  ruhi  bilan 

www.ziyouz.com kutubxonasi


 

39 


sug’orilgandir...  Undan  chin  ma’nodagi  ko’lam,  bir  so’z  bilan  aytganda,  hozirgi 

zamon ma’nosidagi haqiqiy fan ruhi sezilib turadi”. 

II. 1048 yilda Xurosondagi Nishopur shahrida buyuk olim entsiklopedist Abu 

Fatx Umar ibn Ibrohim Xayyom tug’iladi. Uning yoshligi Somoniylar davlatining in-

qirozi va Qoraxoniylar, Ђaznaviylar va Saljuqiylar sulolalarining saltanatlarini vujud-

ga kelish davriga to’g’ri keladi. Saljuqiylar davlatida hizmat qilgan ulug’ vazir Nizom 

al-Mulk Bog’dodda “Nizomiya” nomli akademiya tashkil etadi. 1047 yilda esa Isfax-

onda  observatoriya  qurilishini  tashkil  etgan  ulug’  vazir  bu  erga  ko’pgina  olimlarni 

taklif etadi. Bularga Umar Ќayyom boshchilik qiladi. Ularning kuzatishlari natijasida 

“Ziji Malikshoh” (Malikshox astronomik jadvali) bunyod etiladi. Bu asarda Xayyom 

Eron quyosh kalendarini reformasini o’tkazgan. Bunga muvofiq kalendarь 5000 yil-

da bir kunga hato qilgan (o’rigoryan kalendari 3330 yilda bir kun hato qiladi.) 1079 

yili  reforma  amlga  oshirilgan.  1069-1071  yillarda  “Al-jabr  va  almuqobola  masalala-

rining isboti haqida” asarida kubik tenglamalarni echishni sistemali ravishda bayon 

etadi.  Bu  tenglamalarni  ildizlarini  u  ikki  konus  kesimlarining  kesishish  nuqtasi 

ko’rinishda izlaydi  (sonli echimlarini izlamaydi). Kvadrat va kubik tenglamalarni 25 

xil ko’rinishda klassifikatsiyalaydi.  

Sodda tenglama sinfiga: 1) x=a, 2) x

2

=a, 3) x


3

=a, 4) x


2

=vx, 5) sx

2

=x

3



, 6) vx=x

3

 4), 



5),  6)  ko’rinishlarni  nolь  ildizini  olmasdan  (x  ga  bo’lish  usuli)  1)-va  2)-  ko’rinishga 

teng  kuchli  ekanligini  ko’rsatadi.  3)-ko’rinishni  algoritm  yo’lida  kub  ildiz  chiqarish 

yoki konus kesimlari yordamida yasash yo’lini ko’rsatadi. 

1.

 



Murakkab  uch  hadli  tenglamalarini:  x

2

+vx+a=0,  x



3

+sx


2

+vx=0,  x

3

+vx+a=0, 



x

3

+sx



2

+a=0 koeffitsientlar ishorasiga qarab:           7) x

2

+vx=a, x


2

+a=vx, 9) x

2

=vx+a, 


10) x

3

+sx=vx, 11) x



3

+vx+=sx


2

, 12) x


3

=sx


2

+vx, 13) x

3

+vx+a, 14) x



3

+a=vx, 15) x

3

=vx+a,            



16) x

3

+sx=a, 17) x



3

+a=sx, 18) x

3

=sx


2

+a. 


2.

 

To’rt hadli kubik tenglamalar 



19) x

3

+sx



2

+vx=a, 20) x

3

+sx


2

+a=vx, 21) x

3

+vx+a=sx


2

,           22) x

3

+sx


2

+vx+a, 23) 

x

3

+vx+sx



2

+a, 24) x

3

+a=sx


2

+vx,               25) x

3

=sx


2

+vx+a. 


Shundan  so’ng  har  bir  sinfga  kirgan masalalarni geometrik usulda konus ke-

simlar yordamida yasash yo’li bilan hal qiladi. 

“Ќisobdagi mushkullik” (Mushkulot-al-hisob) nomli asarida kvadrat yuzi beril-

sa, uni tomonini topishni, kub hajmi berilsa, uning qirrasini topishni ya’ni kvadrat va 

kub ildiz chiqarish  oldin o’tgan olimlarga ham ma’lum ekanligini ta’kidlaydi va bu-

larni rivojlantirib 4-,5-,6-, va yuqori darajadan ildiz chiqarishni (natural ko’rsatkichli) 

keltirilganligini yozadi. Afsuski, bu asar hozirgacha topilmagan. 

1077  yilda  “Evklid  kitobining  kirish  qismidagi  qiyinchiliklarga  sharh”  kitobida  V 

pastulotni  teorema  deb  isbotlagan.  Bu  teorema  keyinchalik  “Sokkeri  teoremasi” 

nomi bilan noevklid geometriyasiga  kiritiladi. o’eometriyaga doir asarining 2-va 3- 

kitoblarida nisbatlar nazariyasi va son tushunchasini rivojlantirib, butun va kasr son-

lar qatorida musbat irratsionallikni  ham son deb tushunadi va haqiqiy son tushun-

chasiga yaqinlashadi. 

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

40 


III.  XIII  asrning  eng  yirik  olimi  Marog’a  observatoriyasining  asoschisi  Abu  Ja’far 

Muhammad  ibn  Muhammad  Nasriddin  at-Tusiy  1201-1277  yillarda  yashab  ijod  et-

gan.  Ќozirgi  davrgacha  Tusiyning  76  ta  asari  bizgacha  etib  kelgan 

(o’.D.Mamadbeyli) bo’lib, Evklid, Arximed, Ptolomey, Apoloniy, Feodosiy asarlarini 

arabchaga tarjima qilgani va sharhlagani bor. 1231-1256 yillarda u Qo’histonda shox 

Nosir  saroyida  hizmat  qiladi.  1235  yilda  uning  topshirig’iga  ko’ra  “Ahloqi  Nosiriy” 

falsafiy asarini yozadi. 

1256 yilda Chingizxonning nabirasi Xuloguxon Ko’histonni bosib oladi va u saroy-

da maslahatchi bo’lib ishlaydi. Uning tashabbusi bilan Marog’a shahrida (1258-1259) 

observatoriya  quriladi.  Ko’plab  olimlar  taklif  etiladi,  kutubxona  va  ilmiy  maktab 

tashkil etiladi. 

Bu erda ko’p yillik ilmiy izlanishlar natijasida “Elxon astronomiya jadvali” (Ziji El-

xoniy)  vujudga  keladi.  Evklidning  “Boshlang’ichlar”  asarini  sharxlab,  qo’shimchalar 

kiritish bilan “Tahriri Uqlidus” asarini yozadi. Birinchi bo’lib bir hil ismdagi miqdor-

larning nisabi ismsiz sonlar nisbati degan tushunchani kiritadi va o’lchovsiz miqdor-

larning  nisbatini  son  deb  hisoblaydi.  Evropa  bu  tushunchani  XVII-XVIII  asrlarda 

Sent-Vintsentli va Nьyutonlar kiritgan. 

“To’la  to’rtburchaklar  haqida  risola”  (Kitob  ash-shakl  al-qit’a)  nomli  trigonome-

triyaga doir asar yozadi. Bunda sistemalashgan to’g’ri chiziqli va sferik trigonome-

triyani yaratadi va trigonometriyani alohida fan darajasiga ko’taradi. 

Jumladan: uchta tomon yoki uchta burchak berilsa, sferik uchburchakning qolgan 

elementlarini qutb uchburchak yordamida topishni hal qiladi. Tusiy asarlarida bayon 

etilgan fikrlar XV asrda nemis va XVI asrda gollandiyalik Snell ijodi deb yuritiladi. 

1265 yilda arifmetika haqida asarida arifmetikani tarqqiy ettirib, sonlardan istal-

gan natural ko’rsatkichli ildiz chiqarish usulini va binomisol teoremani bayon etadi.  

1651-1663  yillarda  Djon  Vallis  Tusiyning  Evklid  postulotlari  haqidagi  ishlaridan 

foydalangan. 

Tusiy irratsional sonlar tushunchasini rivojlantiradi. 

Arifmetik asarning nomi “Taxta bilan tuproq vositasida hisoblashlar to’plami” 

(Jami ul-hisob bit-taxti va at-turob, 663 hijriy, 6-ramazon, dushanba kuni (1265 yil, 

dushanba) asar uch kitobdan iborat bo’lib, 1-kitob Butun sonlar arifmetikasi-12 bob, 

2-kitob kasr sonlar arifmetikasi-14bob, 3-kitob Astronomiyaga tegishli hisoblashlar-

9 bob. EKUB va EKUK ni tavsiyasi. 

 

 



Tekshirish savollari. 

1.

 



Beruniy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? 

2.

 



Xayyom hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? 

3.

 



Tusiy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? 

 

7-§. Samarqand ilmiy markazi 

       Reja: 

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

41 


1. Ulug’bek hayoti va ijodi. 

2. Koshiy ijodi va hayoti. 

3. Samarqand ilmiy markazi. 

   Uluғbek  rasadxonasi  1420-1429    yillari      Samarqand      yaqinidagi   Obi- Rahmat 

tepaligida qurildi.    Bino   uch     qavatli   to’garak  shaklida  bo’lib,   diametri   46-40 

metr,    balandligi      30  metrcha    edi.  Bu  haqda      Zaxiriddin      Muxammad      Bobur    

h

am  guvoxlik  beradi. 



     Rasadxona    haqida   tarixchi  Abdurazzoq   Samarqandiy    quyidagicha  yozadi: 

Samarqandning   shimoliy  tomonida  sal  sharqqa  oғishgan  joy  tanlandi,   mash-

xur   munajjimlar   bu  ishni   boshlab  yuborish  uchun  yulduz   ko’rsatgan  xayrli   

kunni  aniqlab  berdilar. Bino  qudrat  asosi  ulu¼vorlik  negizidek   pishiq   qurildi. 

Poydevor va ustunlar to¼   asosidek   shunday   mustaqkam  qilindiki,ular to mash-

qar kunigacha na   joyidan  jilar  va na  qular  edi.Baland qurilgan bu  muxtasham  

imorat   xonalarining   ichiga   solingan   rasm   va   beqiyos   suratlarda    to’`qqiz    

falakning    daraja, daqiqa, soniya va soniyaning o’`ndan bir 

ulushlari   ko’`rsatilgan etti qavat osmon gardishi, etti  sayera  va  tur¼un   yulduzlar   

tasvirlangan   edi. Shundan   keyin ªuyosh  va   sayyoralarning   qarakatini    kuza-

tish   ko’`rganlarni yozish va qayd  qilishni boshlab  yuborishga farmon  berildi. 

    Rasadxonaning   asosiy  quroli-burchak o’`lchaydigan  juda  katta  asbob  (vertikal   

doira)dan  iborat   bo’`lib, uning   radiusi  40, 212metr, yoyining   uzunligi  63 metr-

ga   teng  edi. Bu V.L.Vyatkinni  inshoot  qoldi¼i  “katta  kvadratning   bir   qismidan   

boshqa  narsa  emas, uning  yarmi   ufq satxidan   past  bo’`lib,ikkinchi  yarmi  esa   

ufqdan  yuqoriga  chiqib   turar  edi” - degan   fikrga  olib   keldi. 

    Akademik   ªori   Niyoziy   va   astronom   Qiyos   Jalolovlarning   fikricha   bu   as-

bob   kvadrant  emas, balki  sekstantdir. U janubdan  shimolga   qaratib,   meridian   

chizi¼i bo’`yicha   anchagina  aniq   o’`rnatilgan. Ularning   fikrini   V. N. Kastelьskiy  

va V. P. Shcheglovlarning  tekshirishlari  qam  tasdiqlaydi.  

        Asbobning   qozirgi   kungacha   saqlanib   qolgan   qismi   tepalik   ostidagi   qoya   

toshga  o’`yib   ishlangan  torgina  chuqur  ariqchaga   tushirilgan  ekan. Ariqchaga  

pishiq  ¼isht  terib, ikkita   parallel  yoy  ishlangan  va  ganch  eritmasi  quyib  tse-

mentlangan. Yoyning ustiga 10-20 santimetrli qalin marmar tosh taxtachalari qoplan-

gan. Qarbiy yoyga tegishli belgilar arab qarflari bilan qavariq qilib yozilgan. Marmar 

toshli  yoylarga  daqiqa  va  soniya  bo’`linmalari  qayod  qilingan  mis  tasma  ishlangan. 

Bu  mis  tasma  yoritgichning  meridian  o’`tgan  vaqtini  aniq  o’`lchash  uchun  zarur 

bo’`lgan.  

         Samarqand  astranomlarining  maqorati  asosiy  asbobning  juda  katta  bo’`lishi  va 

tuzilishining  mukammaligini  ta’minladi.  Bu  esa  quyosh,  oy  va  yoritgichlarni  kata 

aniqlikda kuzatish imkonini berdi. 

          Rasadxona xodimlari, jumladan Ulu¼bekning o’`zi qam, madrasada dars berishar 

edi. Madrasada diniy - ªur’oni karim, qadis va tafsirdan tashqari, tabiiy fanlar – riyo-

ziyot,  qandasa,  ilmi  qay’at,  ya’ni  astranomiya,  tibbiyot,  ya’ni  meditsina,  surat  al  – 

ard, ya’ni geografiya kabilar o’`qitilar edi.  

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

42 


    Ulu¼bek akademiyasida mashqur olimlar - ªozi Zoda Rumiy (1435 yilning fevrali-

da vafot etgan), Qiyosiddin Jamshid al-Koshiy (tu¼ilgan va vafot etgan vaqtlari aniq-

lanmagan) va Ali ªushchi (1475 yili Istambulda vafot etgan) lar xizmat qilishgan. 

Keyinchalik bu akademiyada Xasan Chalabiy ibn Muso ibn Maxmud ªozi Zoda Ru-

miy (Saloqiddin Muso ª

ozi Zoda Rumiyning o’`¼li), Mu’iddin al – Koshiy, Mansur ibn 

Mu’iniddin al – Koshiy va boshqa olimlar ishlashgan. Olib borilgan astronomik kuza-

tishlar asosida «Ulu¼bek ziji» vujudga kelgan. Akademiya xodimlari tomonidan bir 

qancha matematik risolalar bitilgan.  

Ulug’bek  madrasasining  eng  yirik  olimlaridan  biri  Ђiyosiddin Jamshid al Ko-

shiy (XV asrning birinchi yarmi). 

Al –Koishiyning eng yirik asarlaridan biri “Arifmetika kaliti” (1427y, Miftox al-

hisob) alohida ahamiyatga ega. Bu asar kirish qism va besh kitobdan iborat. Kirish 

qismida hisob fanining ta’rifi, son va uning turlari tushuntiriladi. Birinchi kitobda bu-

tun  sonlar  arifmetikasi – 6 bob, ikkinchi kitobda kasr sonlar arifmetikasi – 12  bob, 

uchinchi  kitobda  astronomiyadagi  hisoblashlar  –  6  bob,  to’rtinchi  kitobda  geome-

trik miqdorlarni o’lchash – 9 bob, oxiri beshinchi kitobda algebra yordami bilan no-

ma’lumni  topish  –  4  bobda  bayon  etiladi.  Bu  asar  o’zining  siqiqligi,  izchiligi  va  tu-

shunarli bayon etilishi bilan o’rta asrda yozilgan matematikaga doir asarlar orasida 

alohida  ajralib  turadi.  Tarixchi  olimlar  A.P.Yushkevich  va  B.A.Rozenfelьdlar  tomo-

nidan  arab  tilidan  ruschaga  tarjima  qilib,  bu  asarga  shunday  baho  beradilar:  “Ko-

shiyning  “Arifmetika  kaliti”  hisoblash  ishlarini  olib  boruvchilar,  quruvchilar,  er 

o’lchovchilar,  moliya  mansabdorlari,  huquqshunoslar  va  boshqalarning  talablariga 

moslashgan, o’z davrining elementlar matematika entsiklopediyasidan iboratdir”. 

Koshiyning  ikkinchi  asari  «Aylana  qaqida  risola»  (Risola  fil-muxitiya)  uning 

«Arifmetika kaliti» dan oldin yozilgan, chunki Koshiy bu asarning «Arifmetika kaliti» 

da boshqa asarlar bilan bir qatorda tilga oladi. 

  Risoladan maqsad  sonini, ya’ni aylana uzunligini uning diametriga nisdatini 

Koshiygacha  ma’lum  bo’`lgan  aniqlikdan  qam  kattaroq  aniqlikda  qisoblashdan  ibo-

rat. 


Koshiyning xizmatlarini namoyish etish maqsadida  soni uchun ungacha to-

pilgan qiymatlarni keltiramiz: 

Misrda  =(16/9)

2

=256/81=3,1604; 



Bobilda  =3,125; 

Arximedda  =22/7=3,142857; 

Apolloniyda  =3,1416; 

Ptolomeyda  =3,14167; 

Ariabxatti (V asr)  =3,1416; 

Braxmaguptada (VII asr)  =3; 

Xitoyda (e.o.III asr)  =3; 

Lyu Xuey (III asr)  =3,14; 

Al – Xorazmiyda  =22/7=3,1428, yoki  =

10



 «Aylana qaqida risola» quyidagi bo’`limlardan iborat:   

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

43 


 1.  Ma’lum  vatar  bilan  yoy  yi¼indisi  vatarini  va  uning  yarmini  yarim  doiraga 

to’`ldiruvchi yoyning vatarini aniqlash to’`¼risida. 

2.  Doilrga  ichki  chizilgan  ixtiyoriy  ko’`pburchaknmng  perimetrini  va  unga 

o’`


x

shash, ammo doiraga tashqi chizilgan ko’`pburchakning perimetrini aniqlash qa-

qida. 

3. Aylanani necha qismga ajratish va qaysi oltmishli xonagacha amal bajarish 



lozimki, qosil bo’`lgan perimetr berilgan doira aylanasidan deyarli ortiq bo’`lmasin. 

4. Amallar qaqida. 

Bu  asarlarda  Koshiy  o’zidan  oldin  o’tgan  olimlarning  ishlarini  takrorlabgina 

qolmasdan,  ularni  takomillashtiradi,  yangiliklar  va  hisoblashlarga  yangi  usullar 

qo’shadi. 

Bularni sanab o’taylik: 

Birinchi o’nli kasrni kiritadi. Aylana uzunligining o’z diametriga nisbati    so-

nini  verguldan  so’ng  =3,14159265358979932  hisoblaydi  va  o’nli  kasrlarni  boshqa 

amallarga tatbiq etadi. (Aylanaga ichki va tashqi chizilgan muntazam 3.2

28

- burchak 



tomonini hisoblashga olib keladi). Oradan 150 yil o’tgandan so’ng 1593 yili F.Viet 9 

ta o’nli raqamini 3.2

17

-burchak yordamida, 1597 yili esa Van Roumen Koshiy natija-



sini takrorlaydi. 

1585-yili ingliz Simon Stevin Evropada o’nli kasrni kashf etadi. Koshiy hisob-

lashda o’nli kasr oltmishli kasrdan sodda ekanligini uqtiradi va uni sistematik ravish-

da to’liq bayon etadi. 

Arifmetik  amallarni  bajarishni  eng  quyi  honasidan  boshlashni  tavsiya  etadi  va  uni 

qulayliklarini  ko’plab  misollarda  izohlab  beradi.  Bu  hozirgi  zamon  usulining 

o’zginasidir. 

Sonlardan yuqori ko’rsatkichli ildiz chiqarish usulini va ko’rsatkichi 3 dan katta natu-

ral sondan iborat bo’lgan binom formulasini istalgan natural son uchun umumlashti-

radi va sodda usulda ildizning taqribiy qiymatini o’nli kasr bilan hisoblaydi. 

...

.вс



a

q

n

 ni hisoblashda 

 

,

n



a

q

 

,



)

10

(



n

в

a

q

 

,...



)

100


10

(

,



n

с

в

a

q

 ayirmalar ketma-ketligini hisooblashga kelti-

radi. 

Bunda 


quyidagi 

binominial 

yoyilmani 

ko’radi 

va 


,

1

...



)

1

(



1

2

2



1

1

a



C

a

C

a

C

a

a

n

n

n

n

n

n

n

n

 

n



n

n

n

n

n

n

n

n

n

в



С

в

a

С

в

a

C

a

в

a

1

1



2

2

2



1

1

...



)

(

 



ko’rinishda 

ifodalab, 

1

1

1



m

n

m

n

m

n

C

C

C

 qoida bo’yicha binominal koeffitsentlarni hosil qiladi. 

Evropada bu usul Ruffini (1804) –o’orner (1819) nomi bilan ma’lum bo’lib, binomial 

koeffitsentlar tablitsasini 

17

n

 uchun 1544 yili Shtifelь hisoblagan.   

  

Taqribiy  ildiz  chiqarish   



,

1

2



2

T

r

T

r

T

q

  (T-  butun  qismi)  formulasi 

qadimdan  ma’lum  bo’lib,  Koshiy  ildizning  istalgan  natural  ko’rsatkichli  uchun  for-

mulani topadi. Bu usul asosida chiziqli interpolyatsiya usuli yotadi: 

,

 

1



 

)

 



1

 

(



 

1

 



2

 

2



 

1

 



1

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

a

 

C

a

 

C



a

 

C



n

 

n

 

a

 

a

 

n

 

n

 

n

 

n

 

n

 

www.ziyouz.com kutubxonasi



 

44 


n

x

y

 agar 


r

x

x

T

y

T

x

T

y

T

x

n

n

1

2



2

1

1



1

;

)



1

(

;



  

u holda 


.

)

1



(

)

(



1

1

2



1

2

1



n

n

T

T

r

T

x

x

x

x

y

y

y

y

 

 



Bu usul Evropada XVI asr o’rtalarida paydo bo’ladi. 

Algebrik  masalalarni  hal  qilish  uchun  zarur  bo’lgan  sonlarning  nisbati  haqidagi  bir 

qancha  qoidalarni  va  sonlar  ketma-ketligining  yig’indisini  topish  usullarini 

ko’rsatadi. 



q

а

1

  -  istalgan  son,  ya’ni: 



n

q

q

q

q

...


3

2

  bo’lganda 



1

q

q

q

q

S

n

n

  yoki 


1

,

1



q

q

q

q

q

S

n

n

n

 uchun; agar q<1 bo’lsa, 

1

q

q

q

q

S

n

n

 formula bilan hisoblaydi. 

Jumladan birinchi formulani quyidagicha bayon etadi: biror asosning ketma-ket da-

rajalarining  istalgan  yig’indisi 



n

q

q

q

...


2

  ni  topishni  istasak,  oxirigi  daraja 



n

q

 

asosga ko’paytirib ko’paytma 



q

q

n

 dan asosni ayiramiz, so’gnra ayirma 



q

q

q

n

 ni 


asosdan bitta kam son 

1

q

 ga bo’lganda izlangan yig’indi hosil bo’ladi. 

 

Yoki 



;

2

1



3

1

2



...

3

2



1

2

2



2

2

n



n

n

n

 

            



;

2

1



...

3

2



1

2

3



3

3

3



n

n

n

 

;



6

)

1



2

)(

1



(

2

)



1

(

1



2

)

1



(

5

1



...

3

2



1

4

4



4

4

n



n

n

n

n

n

n

n

 

;



3

)

2



)(

1

(



)

1

(



...

4

3



3

2

2



1

n

n

n

n

n

  

4



)

3

)(



2

)(

1



(

)

2



)(

1

(



...

5

4



3

4

3



2

3

2



1

n

n

n

n

n

n

n

 

Ќar 1



1

 oraliqda sinuslar jadvalini tuzish, yana 9 ta o’nli raqami bilan, borasida sin 1

o

 ni 


hisoblash 

uchun 


3

cos


3

3

cos



4

3

сos

 

 

formuladan 



foydalanib 

x

3



+0,7850393433644006=45x tenglamaga keladi. 

Umumiy holda tenglamani quyidagicha taqriban hal qilish usulini ko’ramiz. 

 

,

3



3

P

D

x

x

Px

D

х

  x  –  kichik,  demak  x

3

  –  yanada  kichik  u  xolda 



a

P

D

х

х

3

 - birinchi yaqinlashish. 



,

y

a

x

 

P



R

y

a

y

P

a

y

a

y

a

3

3



)

(

)



(

 R – a

3

 tartibli bo’lib,  



a

3

 u ga nisbatan katta. 



U/x 

P

S

в

P

R

a

y

3

 - ikkinchi yaqinlashish. 



в

y

 deb 2-bosqich takrorlanadi va hokazo. 

www.ziyouz.com kutubxonasi


 

45 


Natijada 

,

1



P

a

a

x

   


,

3

2



P

Q

a

в

a

x

 

,...,



)

(

3



3

P

Q

в

а

с

в

a

x

   


.

3

1



P

Q

x

x

n

n

 

3x



2

0

 ning 17 ta aniq raqamini 60 



lik sistemada topadi. 

       Ulu¼bek  akademiyasining  yana  bir  yirik  namoyandasi  Aloviddin  Ali  ibn  Mux-

ammad  al  -  ªushchi.  U  1402  yili  Samarqandda  tu¼ilgan.  «ªushchi»  uning  taxallusi. 

Adabiyotlarda ko’`rsatilishicha, uning taxallusi qaqida turli xil farazlar mavjud. Shu-

nisi  aniqki,  u  juda  qam  ser¼ayrat  bo’`lgan.  O’zbeklar  bunday  kishilarni  «Lochinga 

o’`xshaydi»  deb  atashadi.  U  boshlan¼ich  ma’lumotni  Samarqandda  oladi,  so’`ng 

o’`qishni davom ettirish uchun Kermonga ketadi. Sababi qali Samarqandda Jamshid 

al- Koshiylar yo’`q edi. 1416 yilning oxirlarida Samarqandga qaytadi va Ulu¼bek aka-

demiyasida ishlay  boshlaydi. O’zining ser¼ayratligi, bilimdonligi bilan atrofidagilar 

orasida juda tez qurmat qozonadi.  

        ªozi Zoda va Jamshid al- Koshiylarning vafotidan so’`ng rasadxonadagi ilmiy ish-

lar butunlay Ali ªushchi zimmasiga tushadi. 1438 yili Ulu¼bek ªushchini Xitoy salta-

nati xuzuriga elchi qilib yuboradi. Xitoydan qaytib kelgach u o’`zining «Matematik va 

astronomik jo’`¼rofiya» nomli asarini yozadi.  

       Ali ªushchining «Arifmetik risola» si, «Kasrlar qaqida risola» si va «Muqammadiya 

risola» si matematikaning muqim masalalari – arifmetik amallar, ularni bajarish tar-

tibi,  o’`nli  kasrlar,  ular  ustida  amallar,  qozirda  biz  algebra  darsliklariga  kiritadigan 

qisqa ko’`paytirish formulalari, musbat va manfiy sonlar tushunchalari va boshqalar-

ga ba¼ishlangan.  

      Ali ªushchining «Astranomiyaga doir risola» si bilan birga uning «Ulu¼bek zijiga 

sharq» asarlari astranomiya tarixida katta aqamiyatga ega. Ali ªushchi «Ulu¼bek zi-

ji» ni geometriya teoremalari yordamida sharxlaydi va u bu asarga yozilgan shar

x

lar 


orasida eng yaxshisi qisoblanadi.   

 

 



     Tekshirish savollari: 

     1. Ulug’bek akademiyasi bo’yicha nimalarni bilasiz ? 

2. Koshiyning "Arifmetika kaliti" asari haqida nimalarni bilasiz ? 

3. Samarqandda yana qanday allomalar ijod qilgan ? 



Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling