Pedagogika universiteti
Jarohatlangan odamlarni olib ketish yo’llari
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
hayot faoliyati xavfsizligi birinchi tibbiy yordam korsatish
114 Jarohatlangan odamlarni olib ketish yo’llari. Aholi yoppasiga jarohatlanganda, o’t ketganda binolar vayron bo’lgan bo’lsa, jarohatlangan odamlarni tor yo’llardan nosilkalarda olib ketish qiyin. Bunday hollarda ―yonboshlab‖ olib ketish usulidan foydalaniladi. Bunda yordam beruvchi kishi jarohatlangan odamning o’ng yoniga yotib va o’ng oyog’ini to’g’ri burchak qilgan holda yeg’ib, uning ostiga qo’yadi, so’ngra jarohatlangan odamni orqasi bilan o’ziga olib yotqizadi; jarohatlangan odamning chap qo’ltig’i ostidan chap qo’lini o’tkazib, uning yelkasi va qo’lini ushlaydi. Bunda o’ng qo’liga tirangan holda chap oyoqdan turish uchun foydalanadi. Jarohatlangan odam gavdasini oldinga erkin harakat qildira olsa, nosilka tasmasi yoki bel kamarining ikkitasini bir-biriga biriktirib, 8 raqami shakliga keltiriladi yoki doira shakliga kiritib foydalanish mumkin. Olib boriladigan masofa uzoq bo’lib, kamar va tasmalar bo’lmasa, jarohatlangan odamlar yelkada ko’tarib olib boriladi. Buning uchun jarohatlangan odamni yerdan ko’targanda o’ng yelkasini to’g’rilab, orqaga shunday yotqizish kerakki, uning ko’kragi va boshi orqaga erkin tegib tursin. Bunda jarohatlangan odamning tizzasi ostidan o’ng qo’l bilan ushlab, kerakli joyga ko’tarib boriladi. Davolash muassasalarining orasi uncha uzoq bo’lmasa, jarohatlangan odamning ahvoliga qarab qo’lda ko’tarib borish mumkin. Bunda jarohatlangan odamning tanasidan o’ng qo’l bilan, tizzasi ostidan chap qo’l bilan ushlab ko’tariladi. Jarohatlangan odamlarni nosilkasiz ikki kishi ko’tarishi eng ko’p qo’llaniladigan usullardan hisoblanadi. Bunda ikki, uch yoki to’rt qo’l yordamida «qulf» hosil qilib, jarohatlangan bemorlar olib chiqiladi. «Qulf» holida bemorni ko’tarish uchun kamardan foydalanish ham mumkin. Bunda kamar halqaning ikki tomonidan yordam beruvchilar ushlab, o’tirish uchun moslashtiradi va jarohatlangan odam o’tqazilib olib ketiladi. 115 Jarohatlangan odamni stulga yotqizib, ikki kishi ko’targanda stulning oldingi oyoqlari o’rtasiga kirib, ularni qo’l bilan ushlanadi, jarohatlangan odam oyoqlarini ikki yon tomonga tushirgan holda stul suyanchig’iga yaxshilab yotqiziladi, so’ngra orqa tomondagi kishi stul suyanchig’idan ushlab kerakli joyga olib boradi. Jarohatlangan odamni tayoqcha va adyol yordamida ikki kishi ko’targan vaqtda uzunligi 2—2,5 m li tayoqcha olinib, adyol o’rtasiga bemor yotqizilgandan keyin, bosh tomonidan bitta tugun, bel qismidan ikkinchi tugun va oyoq tomonidan uchinchi tugun bog’lanib, tayoqchaga mahkamlanadi, so’ngra ko’tarib olib ketiladi. Jarohatlangan odamni tayoqcha, choyshab va tasma yordamida olib ketish uchun uni choyshabning o’rtasiga yotqiziladi. Bosh va oyoq tomonidan tugun tugilib, ular tagidan tayoqcha o’tqaziladi, keyin 8 holiga keltirilgan tasma bilan bel va tizza qismidan o’ralib, tayoqchaga mahkamlanadi. Oyoq tomonidan bir kishi, bosh tomonidan ikkinchi kishi ko’tarib, kerakli joyga olib boriladi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling